Britaniyalik ayol bitta ko‘ylakni 20 yil mobaynida kiyib yurdi. U bunday natijaga qanday erishgani haqida The Sun nashriga so‘zlab berdi.

Foto: The Sun

Stilist Kler Ris 1997-yilda o‘zi sotuvchi bo‘lib ishlagan do‘kondan ko‘ylak sotib olgan. O‘shanda u 17 yoshda edi. Ayol do‘kon ishchilariga berilgan chegirmadan foydalanib, yashil rangdagi uzun ko‘ylakni 43 dollarga sotib olgan.

Foto: The Sun

Klerning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘ylakni turli tadbirlarga kiygan. Masalan, Kler aynan shu ko‘ylakda 2001-yilda dugonalari bilan sayohatga borgan. Bir yildan so‘ng Italiyaga ham shu ko‘ylakni kiyib borgan. 2014-yilda asal oyi sayohatida ham u shu ko‘ylakda edi.

“Bu ko‘ylak menga yarashgani uchun uni egnimdan qo‘ymayman. Bu yozgi ko‘ylak bo‘lishiga qaramay, men uni sviter tagidan qishda ham kiyaman”, — deydi Kler.

Foto: The Sun

Kler yangi kiyimlarga sarflanadigan pullarni boshqa maqsadlarga, masalan, xayriyaga yo‘naltirganini aytadi. “Bu ham cho‘ntagingizga, ham sayyoraga foyda keltiradi”, — deydi ayol.

Foto: The Sun