Turkmaniston futbol federatsiyasi (TFF) tasarrufidagi barcha musobaqalar noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: TFF

Shu tariqa Turkmaniston chempionati, yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar va futzal bo‘yicha Superliga o‘yinlari to‘xtatildi. Turkmaniston chempionati 2020-yilgi mavsumida uchta tur ortda qolgandi. Rasmiy xabarda musobaqalar qoldirilganiga nima sabab bo‘lgani ko‘rsatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Yevropada Belarus chempionatidan boshqa barcha musobaqalar to‘xtatildi. Avvalroq Avstraliya chempionati ham to‘xtatilgandi.

Ma’lumot uchun, ayni damda mamlakat hududida koronavirus yuqtirib olish holati qayd etilmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!