1981-yilda Albert va Viktoriya muzeyidagi balda malika Diana stulda o‘tirib, uxlab qolgan. “Peopletalk.ru” bu holat qanday yuz bergani haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.

Foto: “Peopletalk.ru”

Ma’lum bo‘lishicha, o‘shanda malika Diana birinchi farzandi Uilyamga homilador bo‘lgan. Keyinroq bu Diana uxlab qolishining yagona sababi emasligi oydinlashdi.

Tadbirdan bir kun oldin kechasi Diana turmush o‘rtog‘i Charlzning 10 yildan buyon ma’shuqasi borligini bilib qolgan. Bu haqda keyinroq malika Diananing hayotini tasvirlagan biograflar so‘zlab bergan.

Aytishlaricha, o‘shanda malika o‘ziga ham zarar yetkazishga uringan, biroq uni to‘xtatib qolishgan. Diana o‘sha kecha yaxshi uxlay olmagan. Shuning uchun bal vaqtida uxlab qolgan.

Foto: “Peopletalk.ru”

Foto: “Peopletalk.ru”