Braziliyaning Blumenau shahrida go‘zallik saloni xodimasi mijozni yo‘qotmaslik uchun mijozlar sochini turmaklashning noodatiy usulini o‘ylab topdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ayol tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga rioya qilib, mijoz bilan 1,5 metr oraliq masofani saqladi. Ushbu holatni go‘zallik saloni xodimining turmush o‘rtog‘i videoga olib, YouTube’ga joylashtirdi.
Vizajist fen va taroqni bir yarim metrlik tayoqlarga mahkamlab oldi hamda mijozga xizmat ko‘satdi. Ayol va mijoz ham niqob taqib oldi.
Ayolning ushbu harakatlarini internet foydalanuvchilari turlicha baholadi. Kimdir uni maqtadi, boshqalar tanqid qildi.
Izoh (0)