Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan olgan so‘nggi ikki o‘yin 15-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: PFL

“Andijon” vodiy derbisida “Navbahor” bilan to‘qnash keldi. Rossiyalik murabbiylar qarama-qarshiligida nursiz durang qayd etildi.

“Lokomotiv” esa Toshkentda “Buxoro”ni qabul qildi. Uchrashuvda Marat Bikmayev (17), Temurxo‘ja Abduxoliqov (20) va Shahzod Shaymanov (90+1) tomonidan urilgan gollar “temiryo‘lchilar”ga yirik g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa “Lokomotiv” ochkolarini 6 taga yetkazib olgan holda 4-o‘ringa joylashdi. “Buxoro” esa (0) ushbu mavsum ochko to‘play olmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Foto: PFL

Superliga

3-tur bahslari

15-mart, yakshanba

“Andijon” — “Navbahor” 0:0

“Andijon”: Aslonbek Ahrorov, Azamat Isroilov, Xushnud Avilov, Jamshid Hasanov (Ibe Mikael Okoro, 76), Farhod Bekmuratov, Artyom Litvyakov (Timur Usmonov, 67), Siroj Meliyev, Abdulloh Olimov, Usmonali Ismonaliyev, Qahramon Bahodirov (Muhammad Yo‘ldoshev, 81), Dmitro Zozulya.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov, Ivan Solovyov, Aziz Turg‘unboyev (Amirbek Jo‘raboyev, 73), Islombek Isoqjonov (Shohruh Mahmudhojiyev, 60), Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Islom Rashidxonov (Zabihillo O‘rinboyev, 87), Xurshidbek Muxtorov, Abbos G‘ulomov.

Ogohlantirishlar: Bekmuratov (4), Jo‘raboyev (16), Muxtorov (25), Olimov (31), G‘ulomov (44), Golban (53), Avilov (58).

“Lokomotiv” — “Buxoro” 3:0

Gollar: 1:0 — 17, penalti Bikmayev, 2:0 — 20 Abduxoliqov, 3:0 — 90+2 Shaymanov.

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Shaxzod Shaymanov, Slavko Damyanovich, Kaxi Maxaradze (Oybek Qilichev, 83), Vadim Afonin,  Marat Bikmayev, Temirxo‘ja Abduxoliqov (Abdulaziz Yusupov, 90), Davronbek Hoshimov, Oleg Zoteyev, Sherzod Fayziyev, Diyorjon Turopov (Kirill Pogrebnyak, 65).

“Buxoro”: Zafar Safayev, Mirjalol Jumayev, Jaba Lipartia, Zoxir Pirimov, Jasur Hasanov, Behruz Shodmonov (Boburbek Farxodov, 46), Abror Hosinov, Azizbek Amonov (Jasurbek Hakimov, 46), Edin Yunuzovich, Izzatilla Abdullayev, Milovan Kapor.

Ogohlantirish: Shaymanov (52).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!