Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

9-mart kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida ko‘cha va aholi punktlarini nomlash, peshlavhalar, reklama va e’lonlarning davlat tilida berilishi singari masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Hurmatli hokimlar, endi shu joylarda yashaydigan odamlar, masalan, yoshlar o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. Sizdan qishlog‘ingiz yoki ko‘changiz haqida so‘rab qolishsa, qanday javob bergan bo‘lardingiz? ‘Cho‘rindi’ mahallasining Sirli tabassum ko‘chasidanman, Chivintepa qishlog‘ining Alam ko‘chasidanman deysizmi? Tilimizda bir-biridan chiroyli, ma’nolari keng so‘zlar ko‘p-ku?! Qolaversa, har bir mahallaning tarixi, iqlimini aks ettiradigan nom qo‘yish mumkin edi-ku?! Og‘izga kelgan gapni vaysagandek, bo‘lar-bo‘lmas nomlar qo‘ygandan ko‘ra. Nahotki, ushbu mahallalarning shulardan boshqa maqtanadigan, ko‘z-ko‘z qilishga arziydigan jihati bo‘lmasa. Borligi shubhasiz! Buni o‘sha joy aholisidan so‘rasangiz qatorlashtirib aytib beradi”, — deya ta’kidlagan Bosh vazir.

Hukumat rahbari joylarni nomlash nozik masala ekani, bunga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini qayd etib, hokimlarni bu sohada qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilishga chaqirgan.

“Gap mahalliy hokimliklar, hududiy komissiyalarning ‘yetar, endi bu nomni o‘zgartiramiz’ deb, amaliy harakatni boshlashida qolgan. Joylarni nomlash nozik masala. Bunga jiddiy e’tibor qaratishimiz lozim. Bu sohada qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilinishi lozim. Mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik, xizmat martabasini suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaslik shart va zarur. Odamlarning ismlari bilan, shuningdek, tarixiy voqealar sharafiga nomlash va qayta nomlash sohasida belgilangan cheklovlarga rioya qilinishini ta’minlashimiz lozim bo‘ladi”, – degan Abdulla Aripov.

Bosh vazir ushbu selektor yig‘ilishi davomida ko‘cha, korxona va bolalarga o‘zbek xalqi tarixi, madaniyati va ma’naviyatiga zid nomlar qo‘yilayotganini tanqid qilgan. Shuningdek, yig‘ilish davomidan reklama va e’lonlarning xorij tillarida tayyorlanishi, o‘zbek tiliga nisbatan bepisand munosabatni qoralagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda