Fransiya sayyohlik sug‘urta kompaniyasi 2020-yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz 10 ta mamlakatni aniqladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: Pixabay

Ekspertlar tabiiy ofatlar, transport, sog‘liqni saqlash tizimlarining sifati, jinoyatchilik va terrorizm tahdidi darajasi to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plagan va Shveytsariya 2020-yilda sayyoradagi eng xavfsiz mamlakat deb tan olingan.

U mukammal sog‘liqni saqlash tizimiga ega, zo‘ravonliklar va yo‘l-transport hodisalari kam, deya tavsiflangan. Ikkinchi o‘rinni Singapur egallagan. Qayd etilishicha, u birinchi o‘rinni olishi ham mumkin edi, lekin havo tozaligi bo‘yicha Shveysariya undan ustunlik qilgan.

Norvegiya 2020-yilda dunyoda eng xavfsiz uchinchi davlat deb tan olingan. To‘rtinchi o‘rinni Lyuksemburg va Kipr egallagan.

Ushbu reytingdagi o‘ntalikdan, shuningdek, Islandiya, Daniya, Portugaliya, Finlandiya va Yaponiya ham o‘rin olgan.