Toshkentning Yunusobod tumani Bog‘ishamol 2-tor ko‘chasidagi uyda yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 23-fevral kuni soat 07:58 da yuz bergan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Yong‘in oqibatida uyning ichki va tom qismi — 180 kvadrat metr maydoni yongan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga soat 08:03 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 08:34 da bartaraf etilib, uyning 20 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.