Londonning “Chelsi” klubi 2020-yil yozida klubga keladigan ilk futbolchi transferini hal qildi, deb xabar beradi De Telegraaf.

Foto: Getty Images

Ma’lum bo‘lishicha, “aristokratlar” “Ayaks” klubi bilan Hakim Ziyosh transferini hal etdi. Marokashlik 26 yoshli futbolchi yozda Londonga ko‘chib o‘tadi. Amsterdamliklar Hakim uchun 40-45 million yevro atrofidagi mablag‘ga ega bo‘ladi.

Joriy mavsum Ziyosh Niderlandiya chempionatida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Qayd etish joiz, Ziyosh 2019/20-yilgi mavsum Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida “Chelsi” darvozasini ishg‘ol qilishga erishgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!