AQShning Apple korporatsiyasi 2019-yilda sotilgan soatlar soni bo‘yicha Shveysariya soat ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining barchasini ortda qoldirdi. Bu haqda Strategy Analitics tadqiqot kompaniyasi xabar berdi, deb yozmoqda “Kommersant”.

Foto: Hi-Tech

Tahlilchilarga ko‘ra, Apple 2019-yilda bozorga 30,7 million dona Apple Watch soatini chiqargan bo‘lsa, 2018-yilda bu raqam 22,5 milliontani tashkil etgan bo‘lib, savdoning o‘sishi bir yilda 36 foizni tashkil qilgan. Shveysariyaning soat ishlab chiqaruvchi kompaniyalari esa o‘tgan yilda 21,1 millionta soat sotishga muvaffaq bo‘lgan. Bu 2018-yilga nisbatan 13 foiz kamroqni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, Shveysariyaning an’anaviy Swatch va Tissot kompaniyalari aqlli soatlar bo‘yicha raqobatda yutqazmoqda. Apple o‘z mahsulotni chakana kanallar orqali samarali yo‘llar bilan taqdim etmoqda va tobora raqamli moslamalarni taqishni istaydigan yosh iste’molchilarni ko‘proq jalb qilmoqda.