• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tunda ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisining ahvoli yaxshilandi. Tez orada maktab-internatga qaytadi

    Tunda hojatxonaga chiqib, ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisi bilan bog‘liq holat yuzasidan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib bordi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktabga aqliy rivojlanishda ortda qolgan, ammo o‘zini boshqara oladigan bolalar qabul qilinadi. Bugungi kunda 293 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan maktab internatida 60 nafar tarbiyachi va 9 nafar enaga faoliyat yuritmoqda.

    Maktab internat direktori Zarif Husanovning ma’lum qilishicha, ko‘chada qolib ketgan o‘quvchi voqeasi 23-yanvar kuni ertalab sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soat 06:00 atrofida maktab-internati tarbiyachisi Shavkat Tuymanov tashqariga chiqqan. Tarbiyachining ortidan 2006-yilda tug‘ilgan Sobitjon Ibrohimov ham chiqqan.

    — Men mehnat ta’tilida edim. Voqeani eshitishim bilan kelib, bolaning holidan xabar oldim. Bugungi kunda uning ahvoli yaxshi, — deydi Zarif Husanov. — Ijtimoiy tarmoqlarda voqeani bo‘rttirib yozishgan. Aslida bola haqiqatda 30-40 daqiqacha ko‘chada qolib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yozilganidek bir kecha ko‘chada qolib ketmagan. E’tiborsizlik oqibatida bolaning ko‘chada qolib ketishiga sababchi bo‘lgan tarbiyachi va enaga voqea sodir bo‘lgan kundan buyon shifoxonada unga qarayapti.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maktab internatining vrach-pediatori Gulchehra Abdullayevaning ma’lum qilishicha, Sobitjon Ibrohimov 2015-yilda oligofreniya debillik darajasi nutq nuqsonli tashxisi bilan qabul qilingan. O‘zini-o‘zi boshqara olmaganligi sababli mustaqil harakatlanadigan tengdoshlari bilan birga yuradi. Qolaversa, bolaning gapirishi va eshitishida nuqsoni bor.

    — 22-yanvar kuni Sobitjon Ibrohimov o‘qiydigan guruh bolalarini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazdim. O‘shanda uning sog‘ligi yaxshi edi. Buni bolaning tibbiy daftariga ham qayd etganman. O‘sha kuni soat 21:00 da hamshiraga ishni topshirib, so‘ng ishdan qaytdim, — deydi Gulchehra Abdullayeva. — Qolaversa, biz bolalar uxlaganidan so‘ng tungi tarbiyachi bilan ularni ko‘zdan kechirib chiqamiz. O‘sha kuni tunda u o‘z joyida yotgan. Shuningdek, sog‘ligida ham hech qanday muammo bo‘lmagan. 23-yanvar kuni holatni eshitganimdan so‘ng shifoxonaga borib bolaning holidan xabar oldim. Shifokorlar uni yaxshi ekanligini bildirishdi.

    Maktab-internat direktorining aytishicha, muassasada shifokorlar uchun shtat kamligi bois, direktor va vrachlar kelishgan holda ularning ish vaqtiga o‘zgartirish kiritgan.

    — Muassasamizda aqliy rivojlanishda ortda qolgan bolalar tarbiyalanadi. Shu sababli ular shifokor tekshiruvidan o‘tib turish kerak. Ammo bizda shifokorlar uchun ish o‘rni kam. Shu sababli maktab-internatning shifokori bilan kelishgan holda ularning ish vaqtiga o‘zgartirish kiritganmiz, — deydi Zarif Husanov. — Muassasa vrach-pediatori Gulchehra Abdullayeva ertalab soat 08:00 dan 11:00 gacha kelib bolalarning salomatligini ko‘zdan kechiradi. So‘ng uyiga ketib, soat 17:00 da ishga kelib, kech soat 21:00 gacha bolalarni o‘zi nazorat qilib chiqadi. Soat 11:00 dan 17:00 gacha bolalar hamshiralar nazoratida bo‘ladi.

    Holat yuzasidan o‘sha kuni maktabda navbatchi bo‘lgan tarbiyachi Shavkat Tuyimov bilan ham suhbatlashdik. Uning ta’kidlashicha, ertalab soat 06:00 atrofida tashqariga chiqqan. Shu vaqtda tarbiyalanuvchi Sobidjon Ibrohimov ham uning orqasidan chiqqan. Bundan bexabar bo‘lgan tarbiyachi o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan.

    — 1990-yildan buyon mazkur muassasada tarbiyachi bo‘lib ishlab kelaman. 30 yillik faoliyatim davomida birinchi bor shunday hola duch kelishim. Buning uchun o‘zimni aybdor ekanligimni tan olgan holda o‘z ixtiyorim bilan arizamni yozdim, deydi Shavkat Tuyimov. — Voqea 23-yanvar kuni tongda sodir bo‘lgan. Bola haqiqatda 30-40 minut oralig‘ida tashqarida qolib ketgan. Shu vaqt mobaynida tarbiyalanuvchida “talvasa sindromi” kuzatilgan. Bolaning ahvolini ko‘rib yotoqxonaga olib kirdik. Muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Fozilova tibbiy tez yordam chaqirdi.

    Shavkat Tuyimovning ta’kidlashicha, tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgunga qadar sovuqda qolgan tarbiyalanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida oyog‘ining tag qismiga issiq suv solingan baklashka qo‘yib, issiq pokrival bilan o‘ragan. Ehtiyotsizlik oqibatida qilingan ish natijasida bola oyog‘ining tag qismi  kuyib, pufakcha hosil bo‘lgan. Shu sababli hozircha oyoqqa turgani yo‘q.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Hoshimjon Janayev ayni paytda bolaning umumiy ahvoli yaxshi ekanligini, oyoqda yurib harakatlanishi mumkinligini bildirdi. Bir haftada tuzalib, maktabga qaytishi mumkinligini bildirdi.

    Sobidjon Ibrohimovning onasi Dilfuza Tilavova bilan suhbat jarayonida u kishi sodir bo‘lgan holat yuzasidan hech kimdan da’vosi yo‘qligini bildirdi.

    — Farzandim gematomo bilan tug‘ilgan, shu sababli uning kasalligini o‘zim yaxshi bilaman. Hozirda bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi hisobida turadi. Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng muassasa xodimlari tezda tibbiy yordam ko‘rsatishgan. O‘sha kundan buyon tarbiyachi va enagasi har kuni o‘g‘limning oldida o‘tiribdi. Ular bo‘lgan ishda o‘zlarini aybdorligini aytishmoqda. Ammo meni hech kimdan da’voyim yo‘q, — deydi Dilfuza Tilavova. — Muhimi, farzandim sog‘ayib ketsa bo‘lgani. Ikki haftada bir uyga olib boraman. Voqea sodir bo‘lgan kuni o‘g‘limni talvasaga tushib qolganiga to‘xtaladigan bo‘lsam, 9 yildan buyon shunday holat bo‘lib keladi. Shu sababli har chorakda emlatib kelaman.

    Eslatib o‘tamiz, holat bo‘yicha o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun muassasa tarbiyachisi Sh.Tuyimov va tungi enaga O.Toshbekovalar 202-yil 25-yanvardagi buyruq asosida vazifasidan ozod etilgan.

    Mavzuga doir: Tunda hojatxonaga chiqib ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Tarbiyachi va enaga ishdan olindi

    Xodimlarga nisbatan yetarlicha e’tiborda bo‘lmaganligi sababli muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Fozilova, bosh tarbiyachi H.Ahrorova va tungi enaga G.Tuvalovalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

    02.02.2020, 11:14   Izoh (0)   19995
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Vazir o‘rinbosari Qashqadaryoda bo‘lib, 41 nafar o‘qituvchiga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirdi

    02.02.2020, 10:44

    Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga zid

    02.02.2020, 10:13

    “Ushbu og‘ir damlarda O‘zbekiston xalqi sizga yelkadosh bo‘ladi”. Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbariga hamdardlik bildirdi

    02.02.2020, 09:45

    Namanganda kelinini urib, yuzini ko‘kartirgan qaynona javobgarlikka tortildi

    02.02.2020, 09:23

    Xorazmda yo‘l-patrul xizmati mashinasi beton to‘siqqa urildi (foto)

    02.02.2020, 09:04

    SSV: O‘zbekistonda koronavirus kirib kelishiga qarshi ehtiyot choralari yanada kuchaytiriladi

    02.02.2020, 08:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs qabristondan topildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 09:14

    Tramp Oq uy hududida UFC jangi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi

    Dunyo | 4 iyul, 09:03

    “Real”ning qayta tug‘ilishi, “Inter”ning tanazzuli va “Al-Hilol” mo‘jizasi: klublar mundiali 1/8 finali xulosalari

    Futbol | 4 iyul, 08:46

    Ohangaron shahar hokimligi mansabdori qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 08:31

    Moskvada ozarbayjonlik “qonundagi o‘g’ri” qo‘lga olindi (video)

    Dunyo | 4 iyul, 08:24

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.