Toshkent viloyatining Qibray tumanida Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan xizmat vaqtida halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlari Bekseid Kentayev, Zoitbek Ahmedov va Azizxon Tursunov tahsil olgan 25 va 28-sonli umumta’lim maktablarida “Xotira burchagi” tashkil etildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan rasmiy ochilish marosimlari o‘tkazildi.
Marosimda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik Aziz Toshpo‘latov va Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i polkovnik Tohir Aripov marhum militsiya inspektorlarining hayoti, bosib o‘tgan sharafli yo‘li haqida tadbir qatnashchilariga ma’lumot berib o‘tdi.
Tadbirga ushbu xodimlarning ota-onalari ham taklif etilib, shunday farzandni dunyoga keltirib, tarbiyalab voyaga yetkazganligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Shundan so‘ng ularning xotirasiga bag‘ishlab, maktablarning kirish ostonasi peshtoqiga o‘rnatilgan “Yodgorlik toshlari” ochildi. Marosimga yig‘ilganlar tomonidan yodgorlik toshi poyiga gullar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.
Izoh (0)