Toshkent viloyatida ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Qozog‘istonga jo‘natayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 12-yanvar kuni poytaxtning Yashnobod tumani IIO FMBga 35 yoshli Svetlana K. va 28 yoshli Manzura A.lar murojaat qilib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib ularni Qozog‘istonning Olma-ota shahriga fohishalik qilish uchun jo‘natishni taklif qilgan 32 yoshli Iroda D.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

15-yanvar kuni taxminan soat 15:00 da Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati IIBBdagi hamkasblari bilan birga olib borilgan profilaktik tadbir davomida Iroda D. Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi “G‘ishtko‘prik” chegara postida ayollarni qo‘shni respublikaga jo‘natayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Voqea yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (“Odam savdosi”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.