• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Google’ni Google, talabalarni a’lochi qilgan sayt. 15-yanvar – Wikipedia’ga asos solingan kun

    Dasturlash rivojlanishi bilan internetda onlayn ensiklopediyalar yaratish keng tarqalib ketdi. Mana shunday bepul onlayn ensiklopediyalardan biri mashhur Wikipedia’dir. 15-yanvar – sayt tashkil qilingan kun. Shu sana munosabati bilan “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov jahondagi eng mashhur onlayn ensiklopediya haqida hikoya qiladi.

    Wikipedia bundan 19 yil oldin – 2001-yil 15-yanvar kuni ishga tushirilgan. Saytga Jimmi Uels va Lari Sangerlar asos solgan.

    Foto: Wikipedia

    Dastlab 2000-yilning mart oyida Jimmi Uels Nupedia nomli onlayn ensiklopediyaga asos soldi. Bomis korporatsiyasi moliyalashtirgan loyihaga Lari Sanger bosh muharrir etib tayinlandi. Nupedia ancha cheklanganlani sababli dasturchi Ben Kovitz Sangerga wiki konseptining mohiyatini tushuntirib berdi. Sanger esa Uelsga ensiklopediyani yanada tezroq rivojlantirish uchun wiki’dan foydalanishni taklif qildi. Shu tariqa 2001-yil 15-yanvar kuni Wikipedia’ga asos solindi.

    Etimologik jihatdan Wikipedia ikki so‘zdan yasalgan. Gavai tilida wikiwiki “tez” degan ma’noni beradi. Pedia esa ensiklopedianing bir qismi bo‘lib, yunonchadan tarjima qilganda “yo‘riqnoma”, ta’lim degan ma’nolarni anglatadi. Shunday qilib, yangi loyiha Nupedia’ning matnlari bazasini tezkorlik bilan to‘ldirish imkonini berishi kerak edi.

    Wikipedia’ning shiori quyidagicha: “Har kim yaxshilashi mumkin bo‘lgan bepul tarqatiladigan ensiklopediya loyihasi”. Bu shiorni uning asoschisi Jimmi Uels quyidagicha izohlab bergan: “Har kim o‘z ona tilida o‘qiy olishi mumkin bo‘lgan sifatli va tekin ensiklopediya yaratish va uni tarqatish”. Uelsning maqsadi Wikipedia’ni Encyclopædia Britannica darajasiga olib chiqish edi. Wikipedia yangi, tasdiqlanmagan bilimlar berish emas, tasdiqlangan bilimlarni o‘quvchilarga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.

    2002-yilda Larri Sanger Nupedia va Wikipedia loyihalarida ishlay boshladi. Ammo Bomis shirkati bilan yuzaga kelgan moliyaviy mojaro tufayli u ikki loyihani ham tark etishga majbur bo‘ldi. Nupedia orqada qolishni boshladi, Wikipedia esa rivojlanaverdi. 2003-yil 26-sentabrda Nupedia yopildi va butun kontenti Wikipedia’ga o‘tkazildi. 2003-yil iyun oyida Wikipedia’ning texnik ta’minotini moliyalashtirish uchun Wikimedia Foundation shirkati tashkil etildi.

    Bugungi kunda Wikipedia dunyoning 307 ta tilida, jumladan, o‘zbekcha va qoraqalpoqchada faoliyat olib boradi. Dastlab ingliz tilida faoliyatini boshlagan Wikipedia keyinchalik boshqa tillar bilan ham boyib bordi. Wikipedia’ning ingliz tilidan boshqa tillarda faoliyat yuritadigan ilk sahifasi 2001-yil 23-mart kuni fransuz tilida ochildi. Undan keyin esa nemis va katalan tillarida sahifalar tashkil etildi. Bugungi kunda saytda 20 milliondan ortiq maqola mavjud.

    Tillar bo‘yicha olib qaraydigan bo‘lsak, eng ko‘p maqola (6 millionga yaqin) ingliz tili hissasiga to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinda 5 million 400 mingga yaqin maqola bilan Filippin orollari janubida tarqalgan sebuano tili joy olgan. Kuchli o‘nlikni shved, nemis, fransuz, niderland, rus, italyan, ispan, polyak tillari band qilgan.

    Jimmi Uels.

    Jimmi Uels.
    Foto: Financial Times

    Maqolalar soni kundan kunga ko‘payib bormoqda. Maqolalar tematikasida san’at va madaniyat yetakchi soha hisoblanadi. Undan keyin esa geografiya sohasiga oida maqolalar turadi. Shuningdek, biografiya, siyosat, ijtimoiy fanlar kabi sohalar ham yetakchi sohalar hisoblanadi.

    O‘zbekcha Wikipedia

    Bugungi kunda o‘zbek tilidagi Wikipedia’da 134 mingga yaqin maqola mavjud. Wikipedia’ning o‘zbek tilidagi sahifasi 2003-yil dekabr oyida faoliyatini boshlagan. O‘zbekcha Wikipedia’da maqolalar asosan lotin alifbosida yoziladi. 2012-yildan boshlab esa kiril alifbosida ham o‘qish imkoniyati paydo bo‘ldi.

    O‘zbek tilidagi Wikipedia’da maqolalar soni kam, borlari ham mukammal emas. Ammo, shunga qaramay, 2012-yil boshidan buyon faol foydalanuvchilar va sifatli maqolalar soni ancha o‘sdi. 2013-yilda Wikipedia’ning boshqa tillardagi sahifalari orasida o‘zbek tilidagi sahifasi yillik ko‘rishlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Shu yili O‘zbekiston milliy ensiklopediyasidagi barcha ma’lumotlar maxsus bot yordamida o‘zbekcha Wikipedia’ga joylandi.

    Wikipedia’ning qarindosh loyihalari

    Wikipedia tashkil etilganidan keyin jamoa boshqa loyihalarni ham rivojlantirishga bel bog‘ladi. Shu maqsadda Wikipedia oilasi bir qator loyihalar bilan boyidi. 2002-yil 12-dekabr kuni Wiktionary universal lug‘ati ishga tushirildi. Iqtiboslarni o‘zida jamlagan Wikiquote, talabalarga mo‘ljallagan elektron kitoblar katalogi Wikibooks, jamoat mulki deya tasniflangan matnlardan iborat Wikisource, Wikinews yangiliklar sayti, Wikimedia Commons multimedia kutubxonasi, tirik mavjudotlar haqida ma’lumot beruvchi Wikispecies, Wikiversity pedagoglar jamiyati hamda sayohat haqida ma’lumot beruvchi Wikivoyage kabi loyihalar Wikipedia oilasiga qarashli hisoblanadi.

    Wikipedia’ga taqiq qo‘ygan davlatlar

    Wikipedia hammaga ham birdek yoqavermaydi. Asosan an’anaviy jamiyat unsurlari hukmron davlatlarda saytga to‘siq qo‘yish hollari bir necha bor kuzatilgan. Bunday davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qiladi.

    Wikipedia Xitoyda bir necha bor taqiqqa uchragan. Oxirgi to‘siq 2019-yil may oyida qo‘yilgan. Mamlakatda Wikipedia’ning barcha tillariga to‘siq qo‘yilgan. Xitoy global ijtimoiy tarmoqlarga to‘siq qo‘yish bo‘yicha yetakchi davlat hisoblanadi.

    Eronda esa Wikipedia’ga 2006-yildan buyon to‘siq qo‘yilgan. Eron, shuningdek, Amazon, YouTube va New York Times kabi saytlarni ham bloklagan.

    2017-yilning 29-aprel kunidan buyon Turkiyada ham Wikipedia’ning barcha loyihalariga to‘siq qo‘yilgan edi. Ammo 2019-yil 26-dekabrda Turkiya Konstitutsiyaviy sudi hukumat qo‘ygan bu to‘siqni so‘z erkinligining qo‘pol buzilishi deb topdi.

    Afsuski, bu ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor.

    O‘zbekistonda ham 2011-yilda Wikipedia’ning o’zbekcha versiyasiga to’siq qo’yilgan edi. Ammo 2013-yilda Google o‘zbekcha Wikipedia sahifalarini https bilan indeksatsiya qila boshladi va foydalanuvchilar avtomatik tarzda https’ga yo‘naltirila boshlandi.

    Umuman olganda, 2013–2019-yillarda O‘zbekistonda o‘zbekcha Wikipedia sahifalarini muammosiz ochildi. 2019-yil mayida O‘zbekiston hukumati bir necha matbuot va inson huquqlari tashkilotlari, jumladan, “Amerika ovozi”, BBC, Amnesty International hamda Human Rights Watch saytlariga qo‘yilgan to‘siqni olib tashladi. O‘shandan beri foydalanuvchilar o‘zbekcha Wikipedia sahifalarini hech bir muammosiz ocha oladigan bo‘ldi.

    15.01.2020, 16:30   Izoh (0)   107953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari tutuni yaqin orada Yer atrofini to‘liq aylanib chiqadi

    15.01.2020, 16:14

    Tramp jinoyatchilarning telefonlarini blokdan chiqarishdan bosh tortgani uchun Apple’ni tanqid qildi

    15.01.2020, 15:44

    AQSh Iroqqa ko‘rsatayotgan harbiy yordamni 250 mln dollarga qisqartirishga tayyorligini bildirdi

    15.01.2020, 14:58

    AQSh budjeti taqchilligi 7 yil davomida ilk bor 1 trln dollardan oshdi

    15.01.2020, 14:28

    Albaniyalik fuqaro Yevroparlament binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Uni gvineyalik namoyishchilar qutqarib qoldi

    15.01.2020, 13:11

    Yaponiyada birinchi marta erkak vazir bola parvarishi ta’tiliga chiqadi

    15.01.2020, 12:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.