Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi hamkorlikda ekstremal sharoitlarda inson irodasini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ikki kunlik o‘quv yig‘ini o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Jizzax viloyatidagi Aydarko‘l sohillarida o‘tgan yig‘inda 60 ga yaqin ovchi va harbiylar ishtirok etdi.

O‘quvlarda dala chodirlari tikildi, harbiy qurol-aslahalar, ov qurollari ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ovchilar va harbiylar har bir qurolning o‘ziga xos jihatlari va xususiyatlarini o‘rgandi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Birinchi kuni harbiylar va ovchilar o‘zlariga yegulik izladi. Guruhlarga bo‘lingan sayohat ishqibozlari ovchi itlar yordamida iz olish, uni izlash, qayiqlarda baliq ovlash kabi mashg‘ulotlarga jalb qilindi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Yig‘in yakunida o‘quvlarda ishtirok etgan harbiylar va ovchilarning ovlangan hayvonlari, parrandalar hamda tutilgan baliqlar hisob-kitob qilindi. Musobaqa g‘oliblari aniqlandi.