Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan 11-yanvar, shanba kungi bir nechta o‘yinlar yakunlandi.

Foto: APL

Foto: APL

“Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Norvich”ga qarshi bahs olib bordi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 27-daqiqada Markus Reshford Xuan Mataning uzatmasidan keyin to‘pni darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 52-daqiqada angliyalik hujumchi penaltidan unumli foydalanib, o‘zining va jamoasining ikkinchi golini urdi.

Oradan ikki daqiqa o‘tib Antoni Marsial hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 76-daqiqada Meyson Grinvud jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab, darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi va o‘yinga mantiqiy nuqta qo‘ydi.

“Chelsi” Londonda “Byornli”ni qabul qildi. Birinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib maydon egalari penalti ishlab oldi, uni Jorjinyo aniq bajardi. 38-daqiqada Temmi Abraham “ko‘klar”ning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Kallum Hadson-Odoi hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan “Lester” esa kutilmaganda safarda “Sauthempton”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Dastlab Dennis Pratning golidan keyin oldinga o‘tib olgan “tulkilar” o‘z darvozalaridan ikkita to‘p olib chiqdi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Everton” Risharlisonning yagona goli evaziga “Brayton”dan ustun keldi. “Vulverhempton” esa “Nyukasl” bilan durang qayd etdi.

APL

22-tur bahslari

11-yanvar, shanba

 “Manchester Yunayted” — “Norvich” 4:0

Gollar: 1:0 — 27 Reshford, 2:0 — 52, penalti Reshford, 3:0 — 54 Marsial, 4:0 — 76 Grinvud.

“Chelsi” — “Byornli” 3:0

Gollar: 1:0 — 27, penalti Jorjinyo, 2:0 — 38 Abraham, 3:0 — 49 Hadson-Odoi.

“Lester” — “Sauthempton” 1:2

Gollar:1:0 — 14 Prat, 1:1 — 19 Armstrong, 1:2 — 81 Ingz.

“Everton” — “Brayton” 1:0

Gol: 1:0 — 38 Risharlison.

“Vulverhempton” — “Nyukasl” 1:1

Gollar: 0:1 — 7 Almiron, 1:1 — 14 Dendonker.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
NATO Afg‘oniston uchun ajratilgan 3,4 mlrd dollarni Ukrainaga berishi mumkin — Politico
Mahalliy
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar soni e’lon qilindi. Ularning safiga qanday qo‘shilish mumkin?
Mahalliy
Qarshida 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan Cobalt haydovchi topildi