• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    U yurmasdi, gapirmasdi, lekin o‘ylardi va yozardi. Stiven Xokingning qisqacha tarixi

    1942-yil 8-yanvarda Buyuk Britaniyaning mashhur Oksford shahrida Stiven Uilyam Xoking dunyoga keldi. Zamonamizning eng buyuk olimining tavallud kuni munosabati bilan “Daryo” kolumnisti, astrofizik olim Po‘lat Tojimurodov uning merosi haqida fikr yuritadi.

    Oksford Xoking tug‘ilgan yerdir. U nafaqat Britaniya, balki butun jahonda eng mashhur ilm maskanlaridan biri joylashgan shahar ekanini bilgan kishi buni taqdir ishorasi deb o‘ylamay iloji yo‘q. Hozirgi kunda biz Xokingni zamonamizning eng ilg‘or nazariyotchi fiziklaridan biri sifatida e’tirof etamiz. U 30 dan ortiq nufuzli mukofotlar sohibi, o‘nlab ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar muallifi va bir necha akademiyalarning a’zosi edi.

    Foto: “Vesti.ru”

    Foto: “Vesti.ru”

    1962-yilda Xoking Oksford universiteti bakalavriatini bitirdi, bir yil so‘ng esa unda yonbosh amiotrof sindrom alomatlari aniqlandi. Keyinchalik shu xastalik tufayli Stiven shol bo‘lib qoldi. Tashxis qo‘yilgan payt shifokorlar Stivenning ikki yarim yil umri qolganini aytdi. Olimning aytishicha, erta o‘lim haqidagi fikrlar unga hayot yashashga loyiq ekanini ko‘rsatib bergan. U ilmiy izlanishlarini davom ettirib, 1965-yili Kembrij universitetiga ishga kirib, 1966-yili PhD ilmiy darajasini oldi. Keyingi yillarda bir necha ilmiy muassasalarda turli lavozimlarda ishladi. 1974-yili London qirollik jamiyatining (Buyuk Britaniya “fanlar akademiyasi”) eng yosh a’zosiga aylandi. 1979-yilda u Kembrij universiteti Lukas kafedrasining matematika professori lavozimini egallab, 2009-yilgacha shu lavozimda qoldi. Stivenning aytishicha, u o‘rta maktabdan keyin matematik ta’lim olmagan, Oksfordda dars berishning birinchi yilida talabalarga o‘rgatadigan mavzularini ulardan 2 hafta oldin o‘qib o‘zlashtirib borgan.

    60-yillar oxirida Xokingning xastaligi u shol bo‘lishiga olib keldi va u nogironlar aravachasida yura boshladi. 1985-yili o‘pka yallig‘lanishiga duchor bo‘lgan Xoking traxeostomiya muolajasiga uchrab, gapira olmay qoldi. Xokingning mexanik do‘stlari uning o‘rindig‘iga nutqni sintezlovchi kompyuter o‘rnatib berdi. Kompyuter avvaliga olimning o‘ng qo‘lidagi ko‘rsatkich barmog‘i, keyinchalik esa yuzining ro‘parasiga o‘rnatilgan datchik orqali mimik mushakning harakatlari orqali boshqarilgan. Sintezlangan ovoz amerikancha aksentga ega bo‘lgan, lekin Xoking uni almashtirishni xohlamagan, va keyinchalik hatto uni mualliflik huquqi bilan himoyalab olgan.

    Og‘ir kasallikka qaramay, Xoking juda mehnatkash va faol odam edi. Qora tuynuklarga termodinamikani qo‘llash, kvant kosmologiyasi, relyativistik astrofizika sohalarida uning hissasi beqiyos. 1975-yilda u zamonaviy astrofizikadagi eng intuitsiyaga zid g‘oyalardan biri – qora tuynuklar kvant jarayonlar tufayli “bug‘lanishi”, ya’ni yutib olgan energiyasini maxsus nurlanish orqali atrof olamga qaytarib berishi mumkinligini nazariy asoslab berdi. Bu nurlanish olimning sharafiga Xoking nurlanishi deb nomlandi. 2019-yilning 9-yanvarida, olimning tug‘ilgan kunidan bir kungina so‘ng isroillik fiziklar laboratoriya sharoitida majburiy Xoking nurlanishi hosil qilinganini xabar qildi. Xokingning bu g‘oyasi zamonaviy fizikaning katta muammolaridan biri bo‘lmish axborot paradoksini keltirib chiqardi.

    Keling, uning bu ziddiyatli g‘oyasida to‘xtalib o‘tamiz. Umumiy nisbiylik nazariyasiga ko‘ra, massasi Oppengeymer–Volkov chegarasi deb ataluvchi miqdordan (2,16 Quyosh massasi) katta bo‘lgan yulduz qarida termoyadro reaksiyalari to‘xtagach, u o‘z og‘irligi ta’sirida to‘xtovsiz siqila boshlaydi, va oxir-oqibat qora tuynuk deb ataluvchi ekzotik obyektga aylanadi. U fazodagi shunday bir sohaki, uning ichidan hech nima, hattoki yorug‘lik chiqib keta olmaydi. Bu sohaning chegarasi hodisalar gorizonti deb ataladi. Qora tuynuklar chindan ham mavjudligining bir necha bilvosita isboti avvaldan mavjud edi, o‘tgan yili esa butun jahon o‘ta massiv qora tuynukning gorizonti yaqinidagi modda nurlanishining ilk fotosuratini ko‘rishga muyassar bo‘ldi.

    Nazariya aytishicha, qora tuynukning holati va parametrlari uning aynan nimadan, qanday yulduzdan hosil bo‘lishiga bog‘liq emas. Qo‘pol qilib aytganda, qora tuynukni yulduzni siqib yaratasizmi yoki xuddi shunday massali eski gazetalarni siqibmi, ahamiyati yo‘q, natija bir xil. Ikkinchi asosiy fizik nazariya – kvant mexanikasi asosida axborot yo‘q bo‘lib ketmasligi tamoyiliga asoslanadi. Ya’ni, sodda til bilan aytganda, har qanday jarayonning natijasiga qarab ushbu jarayon nimadan sodir bo‘lganini bila olishimiz mumkin. Qora tuynuklarning “bir xilligi” bunga ziddek tuyuladi, lekin qora tuynukdan hech nima chiqib keta olmasligi masalani hal qiladi – qora tuynukni hosil qilgan modda haqidagi axborot hech qayerga yo‘q bo‘lmadi, u shunchaki tuynukning hodisalar gorizonti ostida “yashirinib” yotibdi va chiqib keta olmaydi.

    Xoking kvant nazariyasining xulosalaridan biri bo‘lgan jarayon – bo‘shliqda zarra va antizarra juftliklari tug‘ilishini hodisalar gorizonti yaqinida qanday ro‘y berishini o‘rgangan. Agar bu jarayon gorizontga juda yaqin ro‘y bersa, juftlikdagi zarrachalarning biri gorizont ostida paydo bo‘ladi (yoki u yerga qulab tushadi), ikkinchisi esa qora tuynuk yaqinini tark etib, bunda qora tuynuk energiyasining bir qismini olib ketadi. Chetdan qaraganda qora tuynuk go‘yoki o‘zidan zarralar oqimi chiqarib, “bug‘lanayotgandek” ko‘rinadi. Oxir-oqibat bunday nurlanish natijasida qora tuynuk yo‘q bo‘lib ketadi. Nurlanishning xarakteristikalari faqat qora tuynukning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, u hech qanday axborot tashimaydi. Lekin unday bo‘lsa, gorizont ostida yashiringan, qora tuynukni tashkil qilgan modda to‘g‘risidagi axborot izsiz yo‘q bo‘lib ketadi. Bu esa kvant fizikasiga mutlaqo zid.

    Bu paradoks zamonaviy fizikadagi eng uzoq saqlanayotgan ziddiyatlardan biri. Olimlarning o‘ylashicha, u o‘z yechimini faqatgina kvant gravitatsiya nazariyasi ishlab chiqilgandan keyingina topadi.

    Fanda savollarning javobidan-da shu javob yaratgan yangi savollar muhimroq. Ko‘p masalalarni hal qilgan olimlar kabi yangi muhim va qiziq masalalarni qo‘ygan olimlar ham o‘z martabasiga ega. Bu nuqtai nazardan qaraganda, Xoking har ikkala tomondan buyuk olim bo‘lgan.

    Stiven Xoking ateist bo‘lgan, dinlar va ilohiyotga ishonmagan. U so‘l qanot siyosiy qarashlarga ega bo‘lib, Britaniyada leyboristlarni qo‘llab-quvvatlagan. Siyosiy qarashlari tufayli ritsarlik unvonidan voz kechgan. Vyetnam va Iroqdagi urushlarga qarshi tadbirlarda qatnashgan, Falastin borasidagi siyosatdan noroziligi tufayli Isroildagi konferensiyada qatnashmagan. Yadroviy qurolsizlantirish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash tarafdori bo‘lgan. Umrining so‘nggi yillarida Buyuk Britaniyada sog‘liqni saqlash tijoriylashuviga qarshi kurashgan. Shuningdek, Xoking sun’iy intellekt texnologiyalari rivojiga qarshi bo‘lgan.

    Olim fanni ommaviylashtirish yo‘lida ham ko‘p ishlar qilgan. Ilm-fanga qiziquvchilar orasida uning “Vaqtning qisqacha tarixi” kitobi to‘g‘risida eshitmagan kishi bo‘lmasa kerak. Xokingning o‘zi aytishicha, “mening fizika to‘g‘risidagi kitoblarim Madonnaning jinsiy aloqa to‘g‘risidagi kitoblaridan-da ko‘proq sotilgan”.

    Xoking 2018-yilning 14-mart kunida o‘z uyida kasalligining og‘irlashishi tufayli olamdan o‘tdi. Uni krematsiya qilib, xokini Londonning Vestminster abbatligida dafn qilishdi.

    Britaniyaning boshqa buyuk farzandi Uilyam Shekspirning Hamleti quyidagi satrlarni aytadi:

    Yo hayot, yo mamot: masala shundoq.

    Joizmikin ul jobir-u jabbor falakning

    Jafosiga har daqiqa chidasa yurak?

    Yo balolar dengiziga ko‘ndalang bo‘lib,

    Koyishlar-u tashvishlarga chek qo‘ymoq kerak?

    Stiven Xoking aynan ikkinchi yo‘lni tanlagan, balolar dengiziga ko‘ndalang bo‘lgan, yoki yuqoridagi parchaning Maqsud Shayxzoda tarjimasiga qarasak, rad-badal berib, qo‘zg‘algan odam. U kishining hayotdan nolishga, tushkun kayfiyatda bo‘lishga barcha sabablari bor edi. Lekin u bayrog‘ini baland tutib, hayotini o‘zi mazmunga to‘ldirdi. Xokingning o‘zi 78 yoshni qarshi ololmagan bo‘lsa-da, uning fanda qoldirgan izi va xotirasi hamon tirik.

    09.01.2020, 08:39   Izoh (0)   58989
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yer magnit qutbining rekord darajada siljigani qayd etildi

    20.12.2019, 20:35

    Tarixda birinchi marta g‘ayritabiiy mavjudotlarning tasviri topildi

    14.12.2019, 08:23

    Okean tubidan minglab sirli obyektlar topildi

    12.12.2019, 08:25

    Olimlar har qanday saraton hujayrasini o‘ldiradigan virusni yaratdi

    07.12.2019, 09:29

    Tailandda yangi turdagi dinozavrning qoldiqlari topildi

    12.11.2019, 04:36

    Gretsiyada fanga noma’lum ilonlarning qoldiqlari topildi

    08.11.2019, 08:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.