Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tropikamid dori vositasining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tadbir davomida fuqaro N.J. tomonidan tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 50 million so‘mlik 500 dona tropikamid dori vositasi yashirincha sotilayotgan vaqtda, u tezkor guruh xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir: Toshkent — kayfda!