Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Parij yaqinidagi Viljyuif shaharchasida jinoyatchi pichoq bilan yo‘lovchilarga hujum uyushtirdi. Qurolli hujum mahalliy vaqt bilan 14:00 da Ot-Bryuyer parkida amalga oshirilgan. Bu haqda BFM TV xabar bergan.

Foto: DW

Foto: DW

Hujum oqibatida to‘rt nafar odam jarohatlangan, ulardan biri voqea joyida halok bo‘lgan. Le Figaro’ning yozishicha, kamida ikki nafar odam yaralangan va bir nafar odam jarohatlar oqibatida vafot etgan. RTL ham ikki nafar odam yaralangan va bir nafari qurbon bo‘lgani haqida yozgan.

Hujum uyushtirgan qotil voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirilgan. Xabarlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari vakillari unga kamida uch marta o‘q uzgan.

Hujum uyushtirgan erkakning ismi Natan ekani va uning ruhiy kasallikka chalingan bemor bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Jinoyatchi politsiyaning terrorchilar elektron bazasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Politsiyadagi ma’lumotlarda uning kichik jinoyatlar sodir etgani haqida yozilgan. Agence France-Presse xabariga ko‘ra jinoyatchining uyi tintuv qilinganida u yerdan dinga oid materiallar topilgan.

2019-yilning oktabr oyida pichoq bilan qurollangan shaxs mamlakat poytaxti Parijdagi markaziy politsiya idorasida to‘rt nafar politsiya zobitini pichoqlab o‘ldirgan, keyinchalik qotilning boshqalarga xavf soladigan xulq-atvor egasi bo‘lmaganligi, kar-soqov bo‘lgani, mudhish voqeaga xodimlar o‘rtasida nizo chiqishi sabab ekani taxmin qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealarida ayblanayotganlar sudi davom etmoqda: asosiy gumonlanuvchilardan biri ikkinchisini firibgar deb atadi
Mahalliy
Qashqadaryoda 3 kunlik firma 2,6 mlrd so‘mlik issiqxona o‘rnatish tenderini yutib oldi
Dunyo
Lukashenko Belarus tashqi ishlar vaziri Makey bilan vidolashuv marosimida ishtirok etdi (foto)