• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh Eronning eng nufuzli generalini o‘ldirib qo‘ydi. Endi nima bo‘ladi?

    AQShning Bag‘dodga bergan zarbasi oqibatida Eronning yuqori jangovar tayyorgarlikka ega bo‘lgan maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy halok bo‘ldi. Nima uchun aynan u nishonga olindi va uning o‘limi qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin — “RBK” shu savollarga javob topishga harakat qildi.

    Qosim Sulaymoniy.

    Qosim Sulaymoniy.
    Foto: Al Jazeera

    Nima bo‘ldi?

    Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK)ning “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general-mayor Qosim Sulaymoniy Bag‘dod xalqaro aeroporti yaqiniga berilgan raketa zarbasi oqibatida halok bo‘ldi, deya 3-yanvar, juma kuni Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Iroq Xalq safarbarlik kuchlari vakili Ahmad al-Asadiyning so‘zlariga tayanib xabar tarqatdi Reuters agentligi.

    Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Sulaymoniy bilan birga Iroq Xalq safarbarlik kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari Abu Mahdi al-Muhandis ham halok bo‘lgan. Uchta raketa zarbasidan jami yetti kishi qurbon bo‘lgan. Raketa zarbasi aeroportning yuk terminali yaqiniga berilgan, hujumdan so‘ng ikki avtomobil yonib ketgan.

    AQSh zarbalarni prezident Donald Trampning buyrug‘iga asosan berdi, deyiladi Pentagon bayonotida. Ushbu zarbalar arafasida Bag‘dodda bir necha kun davomida aksilamerika namoyishlari bo‘lib o‘tgan, Vashington ushbu aksiya uchun javobgarlikni eronparast kuchlar zimmasiga yuklagan edi. AQSh Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Sulaymoniy xalqaro koalitsiyaning Iroqdagi bazalariga uyushtirilgan, xususan, 27-dekabr kuni sodir etilgan hujum tashkilotchisi bo‘lgan va yana yangi hujumlarni rejalashtirayotgan edi.

    AQSh 2019-yil boshida IIMKni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritib, unga qarshi imkoni bor barcha vositalar bilan kurashishga va’da bergan edi.

    Qosim Sulaymoniy kim o‘zi?

    Qosim Sulaymoniy 62 yoshda edi. U Rabor shahrida, dehqon oilasida tug‘ilgan, maktabni bitirmagan. 1978-yilgi islom inqilobi vaqtida inqilobiy kuchlar safiga qo‘shilgan, shundan so‘ng armiya xizmatiga yo‘l olib, 1980—1988-yillardagi Eron—Iroq urushida qatnashgan. Shaxsiy hayotda esa, The New Yorker suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, general kamtar inson bo‘lgan, besh nafar farzandi uchun qattiq qayg‘urgan, rafiqasini juda suygan, uni hatto tez-tez xizmat safarlariga ham olib ketgan.

    U “Al-Quds” bo‘linmasiga 1998-yilda boshliq etib tayinlangan. Islom inqilobi muhofizlari korpusiga Muhammad Ali Ja’fariy rahbarlik qiladi, biroq Sulaymoniy shaxsan Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiyga hisobot berar va o‘z harakatlarini aynan u bilan muvofiqlashtirib turardi, deyiladi generalning The New Yorker va Reuters’dagi profayllarida.

    “Al-Quds” (Quddusning forscha atalishi) — Eron tashqi siyosatining alohida bir vositasi bo‘lib, bajaradigan ish hajmi bo‘yicha uni AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (razvedka va xorijdagi operatsiyalar) va maxsus bo‘linmalari bilan qiyoslash mumkin. Bo‘linma 1979-yilda, mintaqada Eron ta’sir doirasini, jumladan, shia kuchlar ko‘magida kengaytirish maqsadida tashkil etilgan. Bo‘linma bosh qarorgohi AQShning Tehrondagi sobiq elchixonasi o‘rnida joylashgan bo‘lib, uning safida 10—20 ming kishi bor. Isroilning Israel Hayom gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Al-Quds” uchun jangchilarni saralab olish ishlari butun Eron bo‘ylab olib boriladi, tahsil esa Sheroz, Tehron va Qumda olib boriladi, shundan so‘ng jangchilar jangovar tajribani qo‘lga kiritish uchun Iroq va Afg‘onistonga yo‘l oladi.

    Bo‘linma boshqaruvini qo‘lga olgach, Sulaymoniy 20 yil davomida ham siyosatchi, ham harbiy sifatida harakat qildi: raqiblarning o‘ldirilishini rejalashtirdi, ittifoqchilarni qurollantirdi, mintaqada Amerika harbiylariga qarshi urushgan ko‘plab guruhlarga rahbarlik qildi. AQSh Mudofaa vazirligining Maxsus operatsiya kuchlari boshqarmasi sobiq boshlig‘i Stenli Makkristal Foreign Policy jurnalida unga ta’rif berarkan, Sulaymoniy 20 yil ichida butun mintaqadagi shia guruhlarning asosiy tashkilotchisiga aylanganini e’tirof etgandi (jurnal 2019-yilda general Sulaymoniyni jahonning eng asosiy harbiy strateglari ro‘yxatida birinchi o‘ringa qo‘ygandi).

    Eronning mintaqadagi asosiy ittifoqchilari Suriya hamda Livandagi “Hizbulloh” siyosiy va terrorchilik tashkilotidir — bu tashkilot ko‘p jihatdan aynan “Al-Quds” va Eronning ko‘magi bilan 1980-yillar boshida tashkil etilgan edi. “Hizbulloh” aynan “Al-Quds”ning ko‘magi bilan 1983-yili AQShning Bayrutdagi, 1992-yili esa Isroilning Buenos-Ayresdagi elchixonalariga hujumlar uyushtirgan.

    “Hizbulloh”, Suriya, Iroqdagi eronparast kuchlari bilan aloqalarni aynan Sulaymoniy yo‘lga qo‘yib, muvofiqlashtirib turgan. Suriyada davom etayotgan fuqarolar urushidagi Eronning ishtiroki me’mori sifatida ham Sulaymoniy ko‘rsatiladi — aynan u Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlash taklifi bilan chiqqan. Suriyadagi urushga Rossiyaning aralashuvi boshlanguniga qadar aynan Eron Asad tuzumini tugal mag‘lubiyatdan saqlab turgandi.

    Biroq, Amerika manfaatlariga qarshi kurashish bilan bir qatorda, Sulaymoniy AQSh bilan hamkorlik ham qilgan. AQShning Iroqdagi sobiq elchisi Rayn Kroker 2001-yili, 11-sentabr voqealaridan so‘ng Afg‘onistondagi urush boshlanishi arafasida Jenevada Eron vakillari bilan o‘tkazilgan maxfiy muzokaralar haqida hikoya qilgandi. Krokerning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda Eron delegatsiyasiga Sulaymoniy rahbarlik qilgan, muzokaralar davomida eronliklar AQShga “Tolibon” marralari joylashgan xaritalarni taqdim etgan.

    Sulaymoniy G‘arb, Isroil va arab maxsus xizmatlarining bir necha suiqasdlaridan omon qolgan edi. 2019-yildan boshlab Eronda mamlakatning oliy mukofoti — Zulfiqor ordeni yana berila boshlandi. Sulaymoniy ushbu ordenga Xomanaiy qaroriga asosan sazovor bo‘lgan ilk insonga aylangan edi.

    Endi nima bo‘ladi?

    Eron AQShning harakatlarini terrorchilik deb atab, javob choralari bilan tahdid qildi. Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy Sulaymoniy o‘ldirilgani uchun “shafqatsiz o‘ch” olinishiga va’da berdi. “Barcha dushmanlar shuni bilib olsinlarki, endi qarshilik ko‘rsatish jihodi ikki karra ko‘proq kuch bilan davom etadi va jangchilarni bu muqaddas urushda mutlaq g‘alaba kutmoqda”, — dedi Xomanaiy.

    Sulaymoniyning yo‘q qilinishi — xalqaro terrorchilik harakatidir, deb yozdi Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Twitter’dagi sahifasida. IIMK qo‘mondoni IShIDga qarshi kurashda asosiy jangchilardan biri edi va vazirning qo‘shimcha qilishicha, AQShning hujumi “juda xavfli va ahmoqona qaror” bo‘ldi.

    Trampning tarafdorlari eronlik generalning yo‘q qilingani haqidagi xabarni iliq kutib oldi. “Prezident Trampni qat’iyatli harakatlari va bu harakatlarning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabriklayman”, — deyiladi AQSh Senatining xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi, respublikachi Jim Rishning bayonotida. Senatorning so‘zlariga ko‘ra, Sulaymoniy “yuzlab amerikaliklarning o‘limi” uchun javobgardir. “Eron rasmiylarini avval ham ogohlantirganimdek, ular avvalgi hujumlarga nisbatan bizning xotirjam munosabatimizni kuchsizlik belgisi sifatida qabul qilmasliklari lozim. AQSh o‘z manfaatlari va o‘z ittifoqchilari manfaatlarini faol talab qilib olishga har doim tayyor”, — dedi Rish, Iroqdagi AQSh elchixonasini shturm bilan egallashga urinish va Kirkukdagi bir amerikalikning o‘limi bilan tugagan harbiy bazaga uyushtirilgan hujumga ishora qilib. AQSh ushbu hujumlar uchun javobgarlikni Eron zimmasiga yuklagan edi.

    AQSh sobiq vitse-prezidenti, demokrat Jo Bayden Sulaymoniyni Amerika harbiylariga qarshi jinoyatlarda va terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda aybladi, biroq, ayni damda Amerika aviazarbalari oqibatida mintaqada keskinlik oshishidan ogohlantirdi. “AQSh ma’muriyati o‘z maqsadi — Eronning yangi hujumlarining oldini olish ekani haqida bayonot berdi, biroq Sulaymoniyning o‘ldirilishi katta ehtimol bilan aks natija beradi”, — deya ta’kidladi u. “Masala shundaki, Amerika Kongressni bexabar qoldirgan ko‘yi Erondagi eng nufuzli ikkinchi shaxsni o‘ldirib, qasddan keng miqyosli mintaqaviy urushni boshlab qo‘ymadimikan?”, — deb yozdi senator-demokrat Kris Myorfi.

    The Wall Street Journal gazetasi prognoziga ko‘ra, Sulaymoniyning o‘limi 2018-yili Vashington yadroviy kelishuvdan chiqishi bilan yuzaga kelgan AQSh va Eron munosabatlaridagi keskinlikning yangi bosqichi ibtidosiga aylanadi. “Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi — Yaqin Sharqda so‘nggi o‘n yillikda yuz bergan eng muhim voqealardan biri”, — dedi Yaqin Sharq instituti huzuridagi tahlil markazi katta ilmiy xodimi Charlz Lister WSJ’ga bergan intervyusida. “Uning o‘limi — Eron va bu mamlakatning mintaqadagi kun tartibi uchun katta yo‘qotish, biroq Sulaymoniyning bu “qahramonligi” katta ehtimol javobga sabab bo‘ladi”, — deb qo‘shimcha qilgan ekspert.

    Xalqaro aloqalar bo‘yicha Yevropa kengashining katta ilmiy xodimi Eli Geranmaye xonimning fikricha, Sulaymoniyning o‘ldirilishi jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Eron IIMK qo‘mondonining yo‘q qilinishiga javoban, katta ehtimol bilan, bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalish bo‘ylab javob choralarini ko‘radi, xususan, shunday choralardan biri yadroviy dasturni rivojlantirish doirasida ko‘riladi, deb hisoblaydi ekspert. O‘z navbatida Tehrondagi mo‘tadil siyosatchilarning ta’siri susayadi, deya aniqlik kiritdi Geranmaye. “AQSh Eron bilan nizodagi o‘yin qoidalarini qaytadan yozib, Yaqin Sharqdagi amerikalik askarlarni Eronning ehtimoliy javob zarbalari nishonida qoldirdi”, — deb xulosa qilgan u. Ayni vaqtda Geranmayening taxminicha, Tehronning AQSh bilan ochiq urushga kirishishi ehtimoli juda past.

    Sulaymoniyning yo‘q qilinishi neft bozorlariga ham ta’sir qiladi, deydi The Financial Times gazetasining xalqaro siyosat bo‘limi muharriri Devid Gardner. “Neft narxi Sulaymoniy o‘ldirilgani haqidagi xabardan keyinoq 3 foizga o‘sib bo‘ldi”, — deb yozdi u. Bundan tashqari, Amerikaning hujumi bir vaqtning o‘zida ham Tehron, ham Vashington bilan mustahkam aloqa o‘rnatishga intilayotgan Iroqdagi shialar hokimiyatini yanada ko‘proq o‘ylantirib qo‘yishi mumkin, deb hisoblaydi Gardner. Reuters’ning qo‘shimcha qilishicha, Iroq bosh vaziri Odil Abdul Mahdiy AQShning Sulaymoniy o‘limiga sabab bo‘lgan hujumini qoralab, buni Iroq suverenitetining buzilishi deb atagan.

    Yangi Amerika xavfsizligi markazi eksperti Ilan Goldenbergning fikricha, Eronning javobi bir necha gavdalanishi mumkin:

    • mahalliy siyosatchi va faollarni Amerikaga qarshi norozilik namoyishlarga undab, Iroqdagi keskinlikni yanada oshirishga urinish;
    • shialarning “Hizbulloh” guruhi Isroilda yangi xurujlar uyushtirishi mumkin;
    • Eron AQShning mintaqadagi ittifoqchilari, xususan, Saudiya Arabistoni va u yerda joylashgan AQSh obyektlariga raketa zarbalari berishga urinishi mumkin;
    • Eron o‘z yadroviy dasturini rivojlantirish bo‘yicha yangi qadamlarni e’lon qilishi mumkin.

    03.01.2020, 18:29   Izoh (0)   99648
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Avstraliya poytaxtida havoning ifloslanish darajasi o‘rmon yong‘inlari tufayli me’yordan 26 baravarga oshib ketdi

    03.01.2020, 17:55

    Tramp buyrug‘i bilan general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi oqibatida oltin va neft narxi keskin ko‘tarildi

    03.01.2020, 17:39

    Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Iroqni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

    03.01.2020, 15:43

    Turkiya yaqin ikki kun ichida Liviyaga harbiylarni yuborishini ma’lum qildi

    03.01.2020, 14:57

    Nur-Sulton ko‘chalari bo‘ylab 15 ta elektrobus harakati yo‘lga qo‘yildi

    03.01.2020, 13:40

    Apple aksiyalarining narxi ilk bor 300 dollardan oshdi

    03.01.2020, 13:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivud yulduzlari mashhurlikning haqiqiy bahosi haqida ochiq-oydin so‘zlab berdi

    Kino | 30 may, 11:51

    BAA aholisi uchun ChatGPT Plus obunasi bepul bo‘ldi

    Dunyo | 30 may, 11:45

    Xakerlar Oq uy apparati rahbarining telefoniga buzib kirdi — WSJ

    Dunyo | 30 may, 11:15

    Havaskorlar o‘rtasidagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

    Sport | 30 may, 11:05

    Razvedka Putin harbiy yordam uchun Kim Chen Inga nima berganini aniqladi

    Dunyo | 30 may, 10:58

    Milliardlar sarflangan “Qizaloq va maymoq” multfilmi qanday qilib butun dunyoga mashhur bo‘ldi?

    Kino | 30 may, 10:50

    Xitoylik paraplanchi 8 ming metrdan ortiq balandlikdan sakrab omon qoldi (video)

    Dunyo | 30 may, 10:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.