• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Alisher Usmonov boyligini kimlarga meros qilib qoldirishi haqida gapirdi

    Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov Financial Times nashriga intervyu berdi, deb yozmoqda “Spot”. Jurnalning Lunch with the FT ruknida jurnalistlar biznesmenlar va top-menejerlar bilan restoranda birga tushlik qilib, suhbat quradi.

    Foto: TASS

    Foto: TASS

    Alisher Usmonov bilan FT Moskva byurosi bosh muharriri Genri Foy Bavariya Alplaridagi Tegernzee ko‘li bo‘yidagi mehmonxonada uchrashib suhbat qurgan.

    Intervyu so‘nggi daqiqada amalga oshmay qolishi ham mumkin edi. Usmonov kun og‘ir o‘tganini bildirgan:

    “Rostini aytsam, hayotim haqida ko‘proq narsa bilishni istasangiz, ikkimiz ikki shisha aroq ichishimizga to‘g‘ri keladi”, deya jurnalistni shoshirib qo‘ygan.

    Shunga qaramay intervyu amalga oshdi. Suhbat bavariyalik an’anaviy kiyingan ofitsiantlar xizmat qiladigan, klassik interyerga ega besh yulduzli mehmonxonada o‘tdi, deya qayd etgan Foy.

    Bavariya an’anaviy taomlari tanovul qilingan va Usmonovning tarjimoni ham birga ular bilan o‘tirgan tushlik 288 yevroga aylangan. Ushbu to‘lovning chorak qismidan ko‘prog‘i (62 yevro) aroq uchun sarflangan.

    “Aroqsiz ham suhbat qurib bo‘ladimi?”, degan Usmonov. Foyning yozishicha, milliarder “do‘stlik”, “tanlov mustaqilligi”, “sport, do‘stlar va bebaho ayollar” uchun qadah ko‘targan. Quyida intervyudan parchalar keltiramiz.

    Oligarxiya haqidaAlisher Usmonov hech qachon o‘zini “oligarx” deb hisoblamagani, ixtiyoridagi boyliklar uchun davlatga qarzdor emasligi, o‘z aktivlarini bozordan xarid qilganini ta’kidladi.

    “Men va mening hamkorlarim Rossiyadagi barcha aktivlarni ikkilamchi bozordan xarid qilganmiz va davlat mulkini o‘zlashtirmaganmiz. Bizga hech kim hech qachon tekinga ko‘chmas mulk bermagan”, deydi u.

    Milliarder davlatning o‘ziga ko‘p marta yordam qilganini ham tan oldi.

    “Katta biznes, katta sanoat aktivlarini boshqarish bilan shug‘ullanishni boshlaganimdan beri hukumat, davlat menga ko‘p jabhada foyda keltirib, bizga ko‘mak bergan”, — deya ta’kidlagan Usmonov.

    Sanksiyalar haqidaAlisher Usmonov amerikalik ayrim senatorlar talab qilayotgan AQSh sanksiyalari ostiga tushib qolishi mumkinligidan qo‘rqish yoki qo‘rqmasligi to‘g‘risida berilgan savolga bu kabi tahdidlardan aslo cho‘chimasligi, sababi hayotda bundan-da jiddiy muammolarga duch kelganini aytib javob qaytardi.

    “Men sanksiyalarga munosib emasman, shu sababli ular qo‘llanilsa menga og‘ir bo‘ladi. Men bu kabi siyosiy masalalarga aralashmayman”, degan milliarder.

    2014-yilda Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi oqibatida Usmonov USM xoldingidagi ulushini 58 foizdan 48 ga tushirgan va kompaniyaga o‘ziga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilganida zarar yetmasligini ta’minlashga uringan.

    Alisher Usmonovning fikricha, siyosiy va harbiy vositalarni biznesga aralashtirish noto‘g‘ri qaror bo‘ladi.

    “Rossiya – katta mamlakat, dunyo yetakchilaridan biri. Ushbu davlat jahonda o‘z obro‘si uchun kurashishi lozim. Hamkorlik buni qanchalik erta tushunsa, bu borada kelishuvga erishish shuncha oson bo‘ladi. Millionlab odamlar men kabi fikrlaydi deb o‘ylayman”, — deydi u.

    Facebook’ga tikkan investitsiyalari haqidaAlisher Usmonov Facebook’ga dastlabki bosqichlarda investitsiya kiritgan sarmoyadorlardan biri.

    “Men ushbu kompaniyaning bir kun kelib dunyoning oyog‘ini osmondan qilib yuborishini bilardim”, — degan biznesmen.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, u hamkori Yuriy Milnyer bilan birga kompaniyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri 460 million va fond orqali yana 420 million dollar tikkan va Facebook’ning 8 foiz aksiyasini nazorat ham qilgan. Investitsiyalar Usmonovga besh baravar ko‘paygan holda qaytgan.

    Merosi haqidaMilliarder o‘z boyliklarini qarindoshlari va kompaniyasini boshqarayotganlarga bo‘lib bermoqda.

    “Hayot abadiy emas. Ko‘p odamlar menga yordam bergan. Shu sababli o‘z oilam va menejerlarimga ulushlarimni meros qoldirib ularga yordam bermoqchiman”.

    Foto: Forbes

    Foto: Forbes

    Milliarderning so‘zlariga ko‘ra u boyligining 50 foizini oilasiga, qolgan yarmini esa bunga munosib bo‘lgan menejerlariga qoldiradi.

    “Ayni vaqt kompaniyalarimda yuqori lavozimni egallab o‘tirgan inson o‘ziga munosib ulushni oladi. Fe’lim shunaqa. Taqdir bergan ne’matlar bilan bo‘lishish zarur”, — deydi tadbirkor.

    O‘zbekiston haqidaUsmonov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning jamoasiga ko‘mak berish maqsadida mamlakatdagi notijorat loyihalarga millionlab dollar mablag‘ ajratganini bildirgan.

    Shuningdek, suhbat davomida 2017-yilda Mirziyoyev Nyu-Yorkga uchgan Usmonovning shaxsiy samolyoti bozor narxida ijaraga olinganini tasdiqlagan.

    04.01.2020, 08:29   Izoh (0)   165225
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik deputat maktab o‘quvchilarini pirotexnikadan xavfsiz foydalanishga o‘rgatishni taklif qildi

    03.01.2020, 23:35

    Nigeriyalik ayol boylik keltirishiga ishongani uchun bo‘lajak kelinining yuragini yedi

    03.01.2020, 23:13

    AQSh Eronning eng nufuzli generalini o‘ldirib qo‘ydi. Endi nima bo‘ladi?

    03.01.2020, 18:29

    Avstraliya poytaxtida havoning ifloslanish darajasi o‘rmon yong‘inlari tufayli me’yordan 26 baravarga oshib ketdi

    03.01.2020, 17:55

    Tramp buyrug‘i bilan general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi oqibatida oltin va neft narxi keskin ko‘tarildi

    03.01.2020, 17:39

    Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Iroqni zudlik bilan tark etishga chaqirdi

    03.01.2020, 15:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.