O‘zbekiston fuqarosi N.X. 31-dekabr kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasining konsullik bo‘limiga murojaat qilib, jiyani R.X. baxtsiz voqea oqibatida fojiali halok bo‘lgani haqida xabar bergan.
“27-dekabr kuni u balandlikdan qulab tushib, vafot etgan. Mahalliy politsiya tekshiruv o‘tkazdi va baxtsiz hodisa yuz berganini tasdiqlagan”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
Qo‘shimcha qilishlaricha, Germaniyadagi elchixonaning konsullik bo‘limi qarindoshlar va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan birgalikda R.X.ning jasadini O‘zbekistonga jo‘natishga oid masalalarni hal qilmoqda.
Izoh (0)