• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rasul Kusherbayev: Hokim haqorat qilsa isbotlanmaydi yoki kechirim so‘raladi, fuqaro tanqid qilsa ham qamaladi

    Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Otabek Nuritdinov” taxallusi bilan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirib kelgan fuqaro Abdufatto Nuritdinov tuhmat, haqorat va bezorilikda ayblanib 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolangan edi.

    Foto: Facebook / Rasul Kusherbayev 

    Foto: Facebook / Rasul Kusherbayev 

    Voqea yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati video bayonot bergan, 30-dekabr kuni esa ushbu ish yuzasidan Andijon viloyati ma’muriy sudining ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tgandi.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev bloger Otabek Nuriddinov ishi va Andijon viloyati hokimiligi matbuot xizmati bayonoti bo‘yicha munosabat bildirdi.

    Otabek Nuriddinovning mas’ullar ishini tanqid qilgani uchun Asakadagi bir guruh mansabdorlar tomonidan o‘zaro til biriktirib jazolatgani yana ham oydinlashmoqda.

    Shu o‘rinda Andijon viloyati hokimiyati matbuot xizmati tomonidan o‘ta noxolis, ishonchsiz va bir yoqlama tayyorlangan bayonotni ko‘rib chiqib, ularga quyidagilarni eslatmoqchiman.

    Birinchidan, fuqaro-bloger ishlatgan haromi, degan so‘z haqoratga kirmaydi. Bu Farg‘ona misolida o‘z isbotini topgan.

    Ikkinchidan, bir fuqaroning ortidan poylab qadamma-qadam yurib, materiallar to‘plash IIB xodimi uchun pastkash ish. Men bilgan “forma” kiyganlar mard va oliyjanob, eng muhimi, haqiqiy erkak kishilar. Haliyam bu fikrimda qolaman: ularga pastkashlik yarashmaydi.

    Uchinchidan, fuqaro-bloger ustidan arz qilganlar ushbu fuqaro tomonidan tanqidga uchragan shaxslar bo‘lgani bois bu ishni ko‘rib chiqib, qaror qabul qilinishida xolislik bo‘lmagan, deb o‘ylayman. Aylanib ham o‘rgilib ham fuqaro mas’ullarning faoliyatini tanqid qilgani uchun jazolangani faktligicha qolyapti. Bu fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lida juda yomon signal.

    To‘rtinchidan, qonunlarni amalga tatbiq qilishda tenglikka rioya qilinmay mansabdorlar uchun o‘ta yengil, fuqaro uchun o‘ta og‘ir yondashuv bo‘lmoqda. Hokim haqorat qilsa, isbotlanmaydi yoki nari borsa kechirim so‘raladi, fuqaro haqorat emas tanqid qilsa ham qamaladi.

    Beshinchidan, eng yomoni uyushtirilgan shu ishni ko‘rib chiqib, adolatli qaror qabul qilish imkoni bo‘lgan sud ham adolatsizlik qilib, O‘zbekiston nomidan bir fuqaroni fikr bildirgani, tanqid qilgani va o‘zining fuqarolik pozitsiyasini namoyon qilgani uchun jazolagan. Essiz, zo‘ravonlik asli biz suyangan, ishongan, mustaqil qilamiz va taqdirimizni ishonamiz, degan dono sud orqali qilinmoqda. Hayf bo‘lsin.

    Bundan chiqdi vaziyatdan kelib chiqib fuqaro sifatida konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib bildirgan tanqidiy fikrlar uchun ham meni sud qarori bilan jazo kutmoqdami?

    So‘ngida aytar so‘zim: Asaka mas’ullari hayf sizga, siz adolatsiz, tanqidni ko‘tara olmaydigan, davlat rahbari namuna bo‘lib olib borayotgan ochiqlik yo‘lidagi islohotlarni tushunmaydigan, o‘z o‘rniga nomunosib shaxslar ekansiz. Yaxshisi o‘rningizni xalqparvar, adolatli, davlat rahbarining siyosatini to‘g‘ri anglab qo‘llab-quvvatlaydiganlarga bo‘shatib bering!

    Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

    Rasul Kusherbayev bundan avval ham hodisaga munosabat bildirib, IIB va boshqa organlarning yashin tezligida axborot tarqatgani va o‘z fikrlarini bayon qilgani uchun fuqaroni jazolashga erishgani qandaydir buyurtmani bajargandek taassurot qoldirayotganini qayd etgandi.

    03.01.2020, 12:55   Izoh (0)   38475
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatidagi 6 ta tuman “Oltin halqa” turizm konsepsiyasidan o‘rin oldi

    03.01.2020, 12:39

    Toshkent viloyatida haydovchi YPX xodimiga jahl qilib, o‘z avtomobilini yoqib yubordi (video)

    03.01.2020, 12:10

    Yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilinadi

    03.01.2020, 11:56

    Moskvada o‘zbekistonlik migrantlar uchun patent narxi oshdi

    03.01.2020, 11:26

    O‘zbekistonda “Google solig‘i” joriy etildi

    03.01.2020, 10:49

    Sherzod Shermatov — “Umid” jamg‘armasi va boshqalar xususida

    03.01.2020, 10:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.