Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda akasi va kelinoyisi tomonidan doimiy urib, xo‘rlanib kelinayotgan bolaning holati aks etgan video tarqaldi. Keyinchalik jabrdiyda bola O‘zbekistonda mashhur aktrisa Madina Muxtorovaning farzandi bo‘lib chiqdi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Shuningdek, vaziyat bir zumda o‘zgarib, bola videomurojaat bilan chiqib, o‘zining kaltaklanmaganini bildirdi. Biroq ayni paytda jabrdiyda bolaning xalqqa qilgan murojaati yolg‘on bo‘lib chiqmoqda. Bolaga rostdan ham doimiy ravishda o‘z jigarlari tomonidan azob berilib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda bolaning onasi Madina Muxtorova tomondan qarindoshi bo‘lgan ayol chiqish qilib, barcha haqiqatni aytib berdi, deya xabar bermoqda “Darakchi.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrdiyda va uni urgan shaxs aka-uka bo‘lib, bir yildan buyon Madina Muxtorova katta o‘g‘li Sanjar va uning xotini Oyjamol tomonidan kichik o‘g‘liga berilayotgan azoblardan qiynalib yurar ekan. Biroq o‘zining taniqli aktrisa ekanligi va hammaga ovoza bo‘lsa sharmanda bo‘lishdan, shuningdek, har ikkisi ham o‘zining farzandi ekanligini o‘ylab ushbu razilliklarni yashirib kelgan.

Voqeani aytib berayotgan qarindoshi esa bunday janjallarning bir nechtasiga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lganini ma’lum qilgan, shuningdek, jabrdiyda bolani hatto bir safar kasalxonaga ham joylashtirganini, biroq o‘sha zulmkor kelinoyisi uni hech kimdan so‘ramay olib chiqib ketganini aytgan.

“Sanjar va uning xotini 12 yoshli jiyanimga odam kuchugiga ham ravo ko‘rmaydigan munosabatni va xo‘rlashni ravo ko‘rishardi. Ba’zan hech kimga ko‘rsatmay Mirfayzni qayerlargadir berkitib qo‘yishardi. 20 kun podvalda ham yotgan bola. Shunday paytlarda Madina yig‘lab mandan yordam so‘ragandi. Bugun bo‘lgan voqeadan men shokka tushmadim, chunki bunga avval ham guvoh bo‘lganman va shuni qasam ichib ayta olamanki, ushbu videoda ko‘rib turganingiz hammasi haqiqat. Jabrdiydaning akasi va uning xotini bolani doim shunday urishgan. O‘sha oxirgi kun ham jiyanim menga yig‘lab telefon qildi. ‘Iltimos, meni va oyimni bu yerdan olib keting, oyimni mazalari qochib qoldi. Biz Yunusoboddamiz’, dedi. Madina opamni esa gapirishga ham madori yo‘q edi. Ammo borgunimcha uyga hech kimni kiritishmagan, qanaqadir ko‘cha odamlari ularni oldiga kiritgani ham qo‘ymabdi. Madina Muxtorova zulm qilib olib chiqib ketilibdi. Hozirgacha Madina opamdan xabar yo‘q. Qayerga olib chiqib ketildi, hozir ahvoli qanday, bilmaymiz”, — deydi ayol.

 

Ayol jabrdiyda bolaning bugun internet tarmog‘ida qilgan murojaati ham zulm ostida berilganini ma’lum qildi. Madina Muxtorovaning qarindoshi Yunusobod tumanidagi 35-uy aholisi ham bu holatlarga guvohligini, mahalla, uchastka inspektorlari nega chora ko‘rmayotganiga hayronligini bildirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston xalqidan ayni paytda qayerdaligi noma’lum qolayotgan Madina Muxtorovaga yordam berishni iltimos qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi