Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Londonning “Chelsi” klubi 2018/19-yilgi mavsum moliyaviy hisobotlarini taqdim etdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Mavsum davomida londonliklarning daromadi 446,7 million funtni tashkil qilgan (bir yil avvalgisi 443,4 millionga teng edi).

Biroq ketma-ket ikki yilni foyda bilan yakunlagan “Chelsi” bu galgi mavsumni 96,6 million funtlik zarar bilan yopdi.

Bunga transferlar va murabbiy almashtirishga ketgan xarajatlar, shuningdek, klubning Yevropa Chempionlar Ligasida qatnashmagani sabab bo‘lgan. Biroq “Chelsi” moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmagan.

“Chelsi” mavsum davomida asosiy jamoani kuchaytirish uchun rekord darajada ko‘p (280,6 million funt) pul sarfladi.  Jamoaga Kepa Arrisabalaga, Kristian Pulishich, Mateo Kovachich va Jorjinyo kabi yangi futbolchilar olib kelindi.

Hyundai, Vitality Health, MSC Cruises, Unilever, Beats by Dre i Millennium & Copthorne Hotels kabi kompaniyalar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgach “ko‘klar”ning daromadi 14,5 million funtga o‘sdi.

“Chelsi”ning translyatsiyalardan oladigan daromadi ham kamaygan. Klub Chempionlar Ligasida emas, balki Yevropa Ligasida harakat qilgani bois o‘yin kuni 7,3 million emas, 3,9 million funt daromad qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oziq-ovqat narxlari tez o‘smoqda: O‘zbekistonda noyabrda 1,3 foizlik inflyatsiya qayd etildi
Mahalliy
O‘zbekistonda internetda qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar uchun javobgarlik belgilanmoqda
Dunyo
Sadir Japarov O‘sh voqealari bo‘yicha sudga chaqirildi