Meksika markazidagi Sakatekas shtatidagi “Syenegilyas” qamoqxonasida 31-dekabr kuni yuz bergan tartibsizliklar oqibatid 16 nafar mahbus halok bo‘ldi va yana besh nafari tan jarohati oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy El Universal nashri ma’lumotlariga ko‘ra, mahbuslarning bir-biri bilan o‘zaro ziddiyatda bo‘lgan guruhlari o‘rtasidagi mojaro vaqtida o‘qotar quroldan foydalanilgan.Hudud rahbariyati jazoni ijro etish muassasasida favqulodda hodisa yuz berganini tasdiqlagan va ma’muriyat vaziyatni nazoratga olishga erishganini ma’lum qilgan.
Shtat prokuraturasi hodisa tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan tekshiruv harakatlarini boshlab yuborgan.