Sergeli tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning targ‘iboti bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Sergeli tumani IIO FMB “Daryo”ga ma’lum qildi.
Sergeli tibbiyot kolleji bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Sergeli tumani IIO FMB 6-sonli IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik N.Nabiyev, XPB boshlig‘i podpolkovnik I.Sherboyev va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor katta leytenant B.Kalbayeva ishtirok etdi.
Ushbu tadbirda qonunning asosiy maqsadi va qonunda ko‘rsatib o‘tilgan “zo‘ravonlik va tazyiq” tushunchalari va turlari, jabrlanuvchilarning huquqlari, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish subyektlari hamda ularning vazifalari haqida ma’ruzalar o‘qilib, o‘quvchilarga qonunning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Izoh (0)