Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

16-dekabr, dushanba kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Bo‘ston tumani hududidan o‘tgan qismida Damas avtomobili to‘xtatilgan va mashina ichida minglab pirotexnika vositalari borligi aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Mashina ko‘zdan kechirilganda uning ichida Xitoyda ishlab chiqarilgan “Treniya” nomli hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy ravishda respublika hududiga olib kirilgan jami 114 ming 600 dona pirotexnika vositasi borligi ma’lum bo‘ldi. Ularning bozor qiymati 22 million 920 ming so‘mni tashkil etadi.

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Ashyoviy dalillar Bo‘ston tumani ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan va holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Foto: Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Yangiyo‘lda kanalda cho‘kib ketgan 16 yoshli bolaning jasadi bir kun o‘tib topildi  — FVV
Mahalliy
Andijonda harakatlanib ketayotgan Matiz to‘liq yonib ketdi
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida