Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 16-turi doirasida 14-dekabr, shanba kuni 2 ta bellashuv yakuniga yetdi.
Jennaro Gattuzo qo‘l ostiga o‘tgan “Napoli” “San-Paolo” stadionida “Parma”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq mehmonlar yarim himoyachisi Deyan Kulusevski raqib jamoa himoyachisi Kalidu Kulibalining qo‘pol xatosidan unumli foydalanib hisobni ochdi (1:0). 64-daqiqada esa neapolliklar hujumchisi Arkadiush Milik hsiobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90-daqiqaga kelib “Parma” a’zosi Jervinyo jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa “Napoli” Gattuzo boshqaruvidagi dastlabki o‘yinidayoq mag‘lubiyatga uchradi va ochko yo‘qotdi (1:2).
Ma’lumot uchun, “Napoli” 21 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. “Parma” esa 24 ochko bilan 7-pog‘onani band qilib turibdi.
A Seriya
16-tur bahslari
14-dekabr, shanba
“Breshiya”—“Lechche” 3:0
Gollar: 1:0 — 32 Chanselyor, 2:0 — 44 Torregrossa, 3:0 — 61 Shpalek“Napoli”—“Parma” 1:2
Gollar: 0:1 — 4 Kulusevski, 1:1 — 64 Milik, 1:2 — 90 JervinyoYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)