Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Majburiy ijro byurosi Yashnobod tumani bo‘limiga Toshkent shahar iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “O‘zbekneftgaz” AJdan chet el tashkiloti Tiger Trading Limited’ga jami 5 milliard so‘m qarz undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi xabar berdi.

Foto: Majburiy ijro byurosi

Foto: Majburiy ijro byurosi

Ma’lum qilinishicha, ijro harakatlarini olib borish jarayonida Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan qarzdorning mol-mulklari aniqlanib, majburiy tartibda undirish choralari ko‘rilgan.

Natijada joriy yilning 4-dekabr kuni undiruvchi Tiger Trading Limited’ga byuroning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan 5 milliard so‘m qarzdorlik to‘liq undirib berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Juliya Roberts o‘zi ovqat pishiradi, bolalarini maktabga olib boradi, itlari bilan sayr qiladi va “Oskar”dan ko‘ra oddiy hayotni qadrlaydi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston bu yil 1 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olishni rejalashtirmoqda
Mahalliy
Navoiyda o‘zganing 31 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi