Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qonun bilan 2020-yilda budjet jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida budjet vakolatlari taqsimlandi.

Shuningdek, budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirish kiritish tartibi belgilandi.

Qonun bilan respublika budjetining daromadlari prognozi va xarajatlari, mahalliy budjetlarning daromadlari va xarajatlari prognozlari belgilandi.

Shu bilan birga, 2020-yil uchun ayrim soliqlar va to‘lov stavkalari tasdiqlandi. Jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari, mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari kabilar shular jumlasidandir.

Qonunga ko‘ra, bir qator xarajatlar respublika budjetidan moliyalashtirishga, ayrim xarajatlar mahalliy budjetdan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Jumladan, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha xarajatlar tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtirishga o‘tkaziladi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi