Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Termiz shahridagi “Dark City” kafesi oldida tungi 01:30 larda ko‘ngilsiz voqea ro‘y berdi, deb xabar berdi “Postda.uz”.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Shahardagi 1-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi F.Q. va Jarqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” mahallasida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan Q.R. o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Janjal paytida F.Q. mast holda Q.R.ning qorniga pichoq sanchib oldi. Jabrlanuvchining akasi 1991-yilda tug‘ilgan K.R. esa bunga javoban F.Q.ning yuz va bosh qismiga urib, jarohat yetkazdi.

Natijada Q.R. va F.Q. shifoxonaga yotqizildi.

Holat yuzasidan F.Q. va K.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi 91-maktab o‘quvchisi B.N. 7-dekabr, shanba kuni o‘z hovlisida osilgan holda topilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda