Shimoliy Koreya mamlakat shimoli-g‘arbidagi Soxe poligoni start maydonida “muhim sinov”ni o‘tkazdi. Bu haqda KXDR axborot agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Foto: EPA

“Hozirgi muhim sinovning natijasi yaqin orada KXDRning strategik maqomi navbatdagi ravishda o‘zgarishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi”, — deyiladi agentlikning Shimoliy Koreya milliy mudofaa fanlar akademiyasi vakili bayonotiga tayanib bergan xabarida.

Ma’lumot uchun, KXDR yetakchisi Kim Chen In 2018-yili Soxe poligonini yopishga rozi bo‘lgandi. O‘sha yilining avgust oyida poligon demontaji to‘xtatildi, 2019-yil martida esa start maydonida tiklash ishlari boshlandi.