Jismoniy tarbiya va sport vazirligining logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.

Tanlov bir bosqichda o‘tkazilib, unda yuridik shaxslar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga loyihalar quyidagi shaklda taqdim etiladi:

  • har bir ishtirokchi tanlovda cheklanmagan miqdorda loyihalar taqdim qilishi mumkin;
  • logotip loyihasi formati -10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda — JPG va PSD formatida elektron variantda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuboriladi;
  • Tanlovga yuborilgan loyiha Jismoniy tarbiya va Sport vazirligi faoliyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechim va badiiy g‘oyaning izchilligiga ega bo‘lishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi yozuvi bo‘lishi shart.

Tanlovga loyihalar 2019-yilning 1-dekabridan 15-dekabrga qadar qabul qilinadi. Tanlov g‘olibi 2019-yil 20-dekabrda e’lon qilinadi.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘olib ishtirokchiga 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti beriladi.

Loyihalar quyidagi manzilda qabul qilinadi:

100017, Toshkentda shahri, Abdulla Qodiriy ko‘chasi 2-uy;

Telefon: (+99871) 239-24-37, e-mail: info@minsport.uz.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!