Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 34,7 milliard dollarni tashkil etib, 8,89 milliard dollarga yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34,4 foizga oshgan.

Ushbu ko‘rsatkichdan eksport hajmi 14,8 milliard dollarga (o‘sish sur’ati — 43,3 foiz) va import hajmi esa 19,9 milliard dollarga (o‘sish sur’ati — 28,5 foiz) yetdi. Hisobot davrida 5,1 million dollarga qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston jahonning 189 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar Xitoy (19,1 foiz), Rossiya (15,1 foiz), Qozog‘iston (8,4 foiz), Koreya Respublikasi (6,5 foiz), Turkiya (5,9 foiz), Germaniya (2,4 foiz) va AQSh (1,6 foiz)dir.