Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, maxsus tuzilgan ishchi komissiya tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKni qayta tashkil etish ishlari yakunlandi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
Xususan, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK direksiyasi, shuningdek, “Uchuvchilar majmuasi”, “Havo aloqalari bosh agentligi” va “O‘zaviatexta’minot moddiy-texnik ta’minot majmuasi” davlat unitar korxonalari negizida Uzbekistan Airways aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tarkibiga kiradigan davlat unitar korxonalari mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga aylantirildi. Shuningdek, Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati unga quyidagi MChJlarning ustav fondlaridagi davlat ulushini o‘tkazilishi yo‘li bilan tashkil etildi:
- “Andijon” xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Buxoro” xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Qarshi” xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Navoiy” xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Nukus” xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Namangan” xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Samarqand” xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Termiz” xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Urganch” xalqaro aeroporti” MChJ;
- “Farg‘ona” xalqaro aeroporti” MChJ.