Qirg‘izistonning Bishkek shahrida markazda joylashgan kafelardan birida yong‘in chiqqan, o‘t o‘chirish mashinasi voqea joyiga yetib kelguniga qadar olov yonayotgan joyda uch marta portlash yuz bergan, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: Sputnik

Favqulodda holat mahalliy vaqt bilan 13:38 da Chuy va Erkindik ko‘chalari oralig‘idagi “Antoshka” umumiy ovqatlanish kafesida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, dastlab bir marta nimanidir portlagani eshitilgan, keyin yana ikki marta portlash sodir bo‘lgan.

Portlashlardan keyin kafeda yong‘in avj olgan, voqea joyiga yong‘in xavfsizligi, tibbiyot va politsiya xodimlarining yetib kelgani xabar qilinmoqda.

Hodisadan talafot ko‘rgan fuqarolar borligi qayd etilmoqda. Sputnik Qirg‘iziston kamida o‘n nafar fuqaro jabrlanganligini, jarohatlanganlar orasida bolalar ham borligini ma’lum qilgan.

Taxminlarga ko‘ra, kafe ichidagi gaz ballonlari portlagan bo‘lishi mumkin. Yong‘in mahalliy vaqt bilan 14:08 da o‘chirilgan.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik