Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk kelgusi yil bahorida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Polsha prezidentligiga nomzodini qo‘ymaslikka qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: AFP

“Uzoq o‘y-mulohazalardan so‘ng kelgusi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmaslikka qaror qildim. Muxolifatga nomzodlar tanlash borasida muammo tug‘dirmaslik uchun bu qarorim haqida oldinroq ma’lum qilyapman”, — deya ta’kidlagan siyosatchi.

Joriy yil 1-dekabrida Yevropa kengashi rahbari sifatidagi muddati yakunlayotgan Tusk mazkur lavozimga muxolifatdan asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgandi. O‘z navbatida, Polshadagi hukmron “Huquq va adolat partiyasi” amaldagi davlat rahbari Anjey Dudani keyingi muddatga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi.

Ma’lumot uchun, Donald Tusk Polshada 2005-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan, biroq Lex Valensaga imkoniyatni boy bergandi. 2007—2014-yillarda mamlakat bosh vaziri bo‘lgan.