• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    Hamon onlayn. 80 va 90-yillarda ishga tushgan va hali ham onlayn saytlar borligini bilasizmi?

    Internet mislsiz taraqqiy etgan davrimizda veb-resurslarning son-sanog‘i yo‘q. Istalgan mavzu va sohaga oid sayt tarmoqda, albatta, bor. Biroq ularning aksariyati 2010-yillardan keyin ochilgan. 90 va ayniqsa 80-yillarda esa jahon bo‘ylab sanoqli saytlar bor edi xolos. Albatta, o‘tgan 20–30 yil muddat ichida o‘sha ilk “qadimgi” saytlarning aksariyati faoliyatini to‘xtatgan. Biroq hozirda “boboy” bo‘lib qolgan, ya‘ni 80 va 90-yillardan buyon to‘xtamay ishlab kelayotgan saytlar hali ham mavjud. Quyida ular haqida qisqacha hikoya qilamiz.

    1. “Symbolics.com” – 1985-yilning 15-martida ro‘yxatdan o‘tgan. Ya‘ni u ancha-munchamizdan ham katta. Bu sayt AQShning Texas shtati, Dallas shahrida joylashgan kompyuter ishlab chiqaruvchi firmaga tegishli bo‘lib, hanuz onlayn bo‘lishiga qaramay, unda oxirgi marta 2010-yilda ma’lumot yangilangan ekan.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    2. “Itcorp.com” – 1986-yilning 18-sentabrida ro‘yxatdan o‘tgan. Juda jo‘n dizayn va g‘aribgina kontent bilan bo‘lsa-da, mazkur sayt mana 33 yildirki barqaror ishlab turibdi. Hozirgi eng tanbal-dangasa veb-dizayner ham bunaqa zerikarli interfeys qilmagan bo‘lardi. Biroq ish 1986-yilda bajarilganini e’tiborga oling va hammasi joyiga tushadi. U paytlar veb-dasturchi kasbining o‘zi bo‘lmagan va sayt yaratuvchilarining qo‘lida bugungidek maxsus platforma dasturlar bo‘lmagan.

    3. “Vortex.com” – 1986-yilning 27-oktabrida ro‘yxatdan o‘tgan. Bu sayt dizayni ham ancha arxaik, ya’ni “qadimiy”. Uni Loren Vaynshteyn ismli odam yaratgan va portal internetda ishlash qoidalarini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan. Unda oxirgi marotaba 2017-yilda ma’lumot yangilangan ekan.

    4. “Tic.com” – 1987-yil, aprel. Bu Texas internet konsalting jamoasiga qarashli bo‘lib, so‘nggi bor 2004-yilda firma egalarining biografiyasi haqidagi ma’lumot joylanishidan keyin yangilanmay qo‘ygan. Shunga qaramay, u hamon onlayn!

    5. “Toad.com” – 1987-yilda ro‘yxatdan o‘tgan yana bir “eramizdan avvalgi” sayt. U Electronic Frontier Foundation tashkilotining ta’sischilaridan bo‘lmish Jon Gilmorning o‘ziga ma’qul kelgan internet sahifalarini joylab borgan onlayn kolleksiyasi bo‘lgan shekilli. Unda amaldorlar qonunni suiiste’mol qilishi, qoidalardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishiga qarshi kurashga oid bir necha maqolalarga havolalar berilgan.

    6. “Cfg.com” – 1987-yilga oid yana bir sayt. 2000-yil boshida so‘nggi marta ma’lumot yangilangach, bu “bulturgi” sayt ham faollikni to‘xtatgan. Biroq u ham hozirgacha onlayn. Sayt Caine, Farber & Gordon firmasiga tegishli bo‘lib, firmaning o‘zi 1970-yilda tashkil qilingan va operatsion tizimlar va kompyuter dasturlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu sayt o‘chmay ishlab turishi uchun, 2000-yildagi Millenium operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuter kifoya.

    7. “Purple.com” – hozirda yotoqxona yumshoq to‘shamalari va jihozlari ishlab chiqaradigan korxonaga tegishli. Biroq o‘tgan yili ham bu domen egasi noma’lum edi va u 1994-yildan buyon shunchaki pushti rangli fon bilan ishlab turgandi. Shuningdek, saytni 1,5 million dollarga sotib olish mumkinligi haqidagi e’lon mavjud bo‘lgan. Kim bilsin, uning hozirgi egasi Purple Innovations uni haqiqatan ham shuncha pulga sotib olgandir?

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    8. “Milk.com” – bu domenni 1994-yilda ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘ygan odam ham anoyi bo‘lmagan shekilli. U qisqa, lo‘nda va juda oson ushbu domeni o‘shanda arzimagan pulga ro‘yxatdan o‘tkazib olgan bo‘lsa ajab emas. Tushunarliki, uni qandaydir sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik korxona ham sotib olishi mumkin edi. Biroq 1994-yilda har bir korxona o‘z saytiga ega bo‘lishi kerakligi haqida uncha-muncha rahbarda tasavvur ham bo‘lmagan. Hozirda bu domeni 10 million dollarga sotishni reja qilgan egasi hamon o‘z saytini onlayn saqlab turibdi. Saytda “ko‘p uchraydigan savollar” hamda “havolalar” bo‘limlari bor xolos. Qiziqsangiz, bir kirib ko‘ring!

    9. “Acme.com” ham 1994-yilda ochilgan sayt. Uning egasi ham saytning antik interfeysini o‘z holida saqlab kelmoqda. Saytning o‘zida yozilishicha, bu 1972-yildan buyon bepul dasturiy ta’minot yetkazib beradigan va 1991-yildan beri internetda ishlayotgan ACME Laboratories nomli tashkilotning sayti ekan.

    10. “Spacejam.com” – Warner Bros savdo belgisiga qarashli sayt. Unda, studiyaning multfilm qahramonlari haqida interaktiv ma’lumot olish mumkin. Warner Bros 1996-yilda ishga tushirgan bu saytni ataylab o‘chirmay kelyapti, shekilli. U ham bir kun kelib kompaniyaning “tarixiy mulki”ga aylansa ajabmas.

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    11. “Toastytech.com” – qaysidir bir erinmagan zot 1998-yilda yaratgan sayt. U Microsoft asoschisi Bill Geyts va, xususan, uning Internet Explorer brauzerini “fosh qilishga” mo‘ljallangan sayt bo‘lgan. Qizig‘i shundaki, u ham hamon onlayn va Bill Geyts “o‘zinikilar” orqali uni o‘chirtirib yubormagan! Saytda “Internet Explorer – shayton!” degan xitob markaziy o‘rin tutadi va u Bill Geytsning kompyuter dasturlari bozorida nohalol o‘yin qilib, hammaga o‘z mahsulotini xira reklama orqali “tiqishtirayotgani” haqida troll usulida, uni kulgiga olgan tarzda fosh qiladi. Kim bo‘lsa ham muallif, haqiqatan ham, erinmagan zot ekan...

    Skrin: “Daryo”

    Skrin: “Daryo”

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    28.10.2019, 13:27   Izoh (0)   39152
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ilon Mask Starlink global internet sun‘iy yo‘ldoshi orqali birinchi tvitni yozdi

    23.10.2019, 08:56

    O‘zbekistonda temir yo‘l chiptalari sotish mobil dasturining yangi versiyasi ishga tushirildi

    07.10.2019, 18:27

    Eron hukumati bilan bog‘liq xakerlar AQSh prezidentligiga nomzodlardan biriga tegishli akkauntlarni buzishga uringan

    06.10.2019, 14:50

    “Odnoklassniki”da videoda yuzni tanish funksiyasi paydo bo‘ldi

    06.10.2019, 13:26

    Olmaotada zilzilani oldindan ogohlantiruvchi yapon datchiklari o‘rnatiladi

    05.10.2019, 12:30

    Facebook asoschisi milliarderlar egalik qilayotgan pullarga munosib emasligini aytdi

    05.10.2019, 00:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.