• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Koinotdagi eng yirik obyektlar. Yer bir zarra xolosmi?

    Koinotning naqadar katta va ulkan ekanligini ko‘pchilik tasavvur qila olmaydi. U shu qadar keng va favqulodda kattaki, uning hozirda bizga ma’lum bir chetidan boshqa bir chetiga yetib borish uchun yorug‘lik tezligida uchgan taqdirda ham milliardlab yil kerak bo‘ladi. Shuningdek, shunday favqulodda ulkan koinotda o‘lchamlariga ko‘ra kishi aqlini shoshirib qo‘yadigan yana shunday obyektlar borki, quyida ulardan bir nechtasi haqida hikoya qilamiz.

    Hozirda fanga ma’lum eng yirik ekzosayyora – GQ Lupi b nomli galaktika. Uni olimlar ilk bor 2005-yilda aniqlashgan edi va o‘shanda astronomlar bu obyekt aslida nima ekanligini bila olishmagan. Bu jism aniqlangan paytda o‘z yulduzidan Pluton bilan Quyosh orasidagi masofadan ham 2,5 barobar olisda joylashganligi ma’lum bo‘lgan. O‘lchamlariga ko‘ra esa u yoki favqulodda yirik, ulkan sayyora bo‘lishi yoki mitti jigarrang yulduz bo‘lishi ehtimoli bor edi. Sinchiklab tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, GQ Lupi b obyekti bu aslida Yupiterdan ham 3,5 barobar katta radiusga ega juda yirik sayyora ekan. U hozircha aniqlangan sayyoralar ichida eng kattasidir.

    Eng katta yulduz esa Quyoshdan 1 700 marta katta bo‘lgan radiusga ega UY Scuti yulduzi sanaladi. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, bu yulduzning ichiga Quyosh tizimining Yupiter orbitasigacha bo‘lgan qismi bemalol sig‘adi. Uning gaz va changlari esa Quyosh sistemasidan ham katta masofalarga – 400 astronomik birlikkacha bo‘lgan fazoga sochilib turadi.

    Foto: NASA

    Foto: NASA

    Eng katta tumanlik deb astronomlar Tarantul tumanligini tan olishadi. Bu obyekt Yerdan 170 000 yorug‘lik yili masofada, katta Magellan bulutida joylashgan. Tarantul tumanligi bizning galaktikamizga yaqin tevarakda yangi yulduzlar shakllanayotgan eng faol joydir. Uning kengligi 1 800 yorug‘lik yili masofasigacha borib yetadi.

    Eridan Voyd bo‘shlig‘i koinotdagi bizga ma’lum eng katta bo‘shliq hisoblanadi. 2004-yilda astronomlar WMAP xaritalarida aniqlagan ushbu joy haqiqatan ham mutlaqo “kimsasiz” ekanligi bilan kishini taajjubga soladi. Kengligi 1,8 milliard yorug‘lik yiliga teng bo‘lgan ushbu bo‘shliqda na biror dona yulduz, na gaz va chang buluti, hattoki mavhum materiyaning sharpasi ham aniqlanmagan. U joy shunchaki bo‘m-bo‘sh.

    IC 1101 – eng yirik galaktika. Galaktikalar o‘zi haqiqatan ham juda ulkan o‘lchamlarga ega bo‘ladi. Masalan, bizning Somon yo‘li galaktikamizning o‘zi diametriga taxminan 100 000 yorug‘lik yili masofasiga ega. Bu biznikiga o‘xshash spiralsimon galaktikalar ichida o‘rtacha o‘lcham hisoblanadi. IC 1101 esa Somon yo‘lidan o‘lchamiga ko‘ra 50 marta katta va massasiga ko‘ra 2 000 marta kattadir! Bu ulkan galaktika 5,5 million yorug‘lik yili masofasiga cho‘zilgan diametrga ega. U Somon yo‘li va unga qo‘shni Andromeda galaktikasi birgalikda egallagan joydan ham katta joyni egallagan.

    Foto: NASA

    Foto: NASA

    Eng yirik qora tuynuk TON618 deb nomlanadi va u mohiyatan kvazar bo‘lib, taxminan 66 millionta Quyosh massasiga teng massali obyektdir.

    Eng yirik galaktik tashlamalar Fermi shishlari sanaladi. 2005-yilda astronomlar Somon yo‘li galaktikasining yaqinida diametri 25 ming yorug‘lik yiliga teng bo‘lgan ulkan strukturalarni aniqlashgan. Uning o‘lchami Somon yo‘lining chorak qismiga teng ekanligidan ko‘rinib turibdiki, bu qandaydir juda ulkan obyektdir. Olimlarning fikricha, Fermi shishlari deb nomlangan ushbu obyekt qachonlardir – uzoq o‘tmishda mavjud bo‘lgan qora tuynukning qoldig‘i bo‘lishi mumkin ekan.

    Eng yirik yaxlit obyekt – SPT2349-56 protoklasteri. U juda qadimda, koinot hozirgidan 10 barobar yoshroq va qaynoqroq bo‘lgan zamonda shakllangan. O‘shanda u 14 ta alohida galaktikaning o‘zaro birlashib ketishidan hosil bo‘lgan. Ushbu obyektning massasi Quyosh massasidan 10 trillion marta katta ekani aniqlangan. Qo‘shimcha tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, SPT2349-56 obyekti atrofida yana kamida 50 galaktika aylanar ekan.

    Galaktikalarning eng yirik to‘dasi Shepli o‘ta katta to‘dasidir. Uni 1930-yillar boshidayoq astronom Xarlou Shepli topgan edi. Ushbu ulkan galaktika to‘dasi tarkibida 8000 taga yaqin galaktika mavjud. Ularning umumiy massasi esa Quyosh massasidan 10 million milliard marta kattadir.

    Eng yirik galaktik klaster Laniakeya klasteri bo‘lib, bizning Somon yo‘li galaktikamiz uning juda-juda kichik bir bo‘lagi xolos. Laniakeya klasterining chek-chegarasi ma’lum emas. Undagi galaktikalar soni esa 100 000 dan ziyod. Laniakeyaning diametri 520 million yorug‘lik yiliga teng deb baholangan.

    Kvazarlarning eng yirik to‘dasi esa Huge-LQG deb nomlanadi. Kvazarlarning o‘zi ham aslida juda katta obyektlar bo‘ladi. Lekin ularning to‘dalari ham favqulodda yirik va katta samoviy obyektlarga birlashadi. Huge-LQG 73 ta kvazardan tashkil topgan bo‘lib, massasi 6,1 kvintillion Quyosh massasiga tengdir. Diametri esa 4 milliard yorug‘lik yilini tashkil qiladi.

    Muzaffar Qosimov

    26.10.2019, 13:08   Izoh (0)   45946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar makedoniyalik Iskandarning o‘limi sababini aniqladi

    25.10.2019, 19:57

    Olimlar zilzilani 5 kun oldin aniqlash yo‘lini topdi

    24.10.2019, 14:41

    Everest balandligini qayta o‘lchab ko‘rishmoqchi. Tog‘ zilzilalar natijasida cho‘kkan bo‘lishi mumkin

    16.10.2019, 08:01

    O‘zbekistonda ilmiy jurnallar platformasi ishga tushirildi

    09.10.2019, 13:26

    Insoniyat evolyutsiyasi haqidagi ommabop nazariyalardan biri rad etildi

    08.10.2019, 23:29

    Fizika bo‘yicha 2019-yilgi Nobel egalari e’lon qilindi

    08.10.2019, 15:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.