“Bravo” jamoasining konsert dasturida “Million” jamoasining a’zolari Mirkomil Musayev hamda Umidjon Haydarov mehmon bo‘ldi.

Foto: “Daryo”

Jurnalist Feruz Muhammad “Million” jamoasining sobiq a’zolaridan tarkib topgan “Bravo” jamoasining konsert dasturi haqida ularning fiklari bilan qiziqdi.

To‘g‘risini aytganda ‘Bravo’ jamoasining bugungi konserti juda zo‘r, samimiy bo‘ldi. ‘Million’ tajribasidan kelib chiqqan holda, ‘Bravo’ jamaosiga ham faqat O‘zbekistondan emas, Tojikiston, Qozog‘istondan ham ko‘plab muxlislar kelib ko‘rishadi.

Bizning hali ham ‘Bravo’ jamosi bilan aloqalarimiz yaxshi. Haligacha yaqin do‘stmiz. ‘Nima uchun ko‘rinmay qoldi?’ - degan savollar mutlaqo o‘rinsiz. Biz o‘sha-o‘sha oldingidek qadrdonmiz. Do‘stligimizga ham mana 16 yil bo‘ldi.

O‘zbek xalqida bir gap bor: ‘O‘zingdan ko‘paygin’ - deyishadiku, mana endi ‘Million’ jamaosi, ‘Dizayn’ jamoasi, ‘Bravo’ jamoasi, mana yaqinda ‘Maximum’ jamaosi paydo bo‘ldi. Ko‘p jamoa bo‘lgani albatta yaxshi, raqobat bo‘ladi. Eng asosiysi, xalq jamaoalar ichidan o‘ziga keragini topsin. Qisqasi, hammani omadini beraversin.

Mirkomil Musayev, ‘Million’ jamoasi a’zosi

“Million” jamoasi a’zosi Umidjon Haydarov jamoa bo‘lingan vaqtda “Million” jamoasiga ham oson bo‘lmagani haqida gapirdi.

To‘g‘ri oson emas, bizning o‘zimizda ham bo‘lingandan keyin ‘Million’ jamoasi bo‘lib konsert berganimiz qiyin bo‘lgan. Bularga ham oson emas. Biz ham yangi jamoa sifatda shakllanyapmiz. ‘Bravo’ jamoasining bu konserti o‘tgan konsertiga nisbatan ancha o‘sish bo‘lgan. Jamao sifatida jipslik sezilyapti. Bir-birini yaxshi tushunishyapti.

Umidjon Haydarov, ‘Million’ jamoasi a’zosi