Qozog‘istonda to‘rt yoshli bola yo‘lda harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi avtobusi oldiga yugurib chiqdi, biroq bolaning otasi so‘nggi lahzada uni qutqarib qolishga ulgurgan. Otaning o‘zi esa voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi 17-oktabr kuni Qizilo‘rda shahrida yuz bergan.

Holat aks etgan videoda ko‘rinadiki, yo‘l chetida turgan avtomobilning orqasidan yo‘lning qatnov qismiga yosh bola yugurib chiqqan. Bolaning izidan uning otasi otilib chiqqan va uni tanasi bilan yopishga uringan. Oqibatda avtobus ularning ikkalasini ham urib ketgan.

Xabar berilishicha, 30 yoshli erkak voqea joyida vafot etgan, uning o‘g‘li esa shoshilinch tarzda kasalxonaga olib borilgan va jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.