8—11-oktabr kunlari Minsk shahrida o‘tkazilgan XXIV Belarus xalqaro energetika va ekologiya forumi doirasida O‘zbekiston, Turkiya, Misr, Polsha, Litva, Rossiyaning yetakchi OAVlarining 50 dan ortiq jurnalistlari uchun mamlakat hududidagi ilk atom elektr stansiyasiga press-tur tashkil etildi.

Foto: Asqar Yakubov

“Rosatom” vakillarining ma’lum qilishicha, Jizzax viloyati Forish tumanidagi Tuzkon ko‘li yaqinida qurilajak O‘zbekistondagi ilk atom elektr stansiyasi ham xuddi shu loyiha bo‘yicha barpo etiladi.

Butun dunyoda, xususan, O‘zbekistonda ham ommalashgan “Chernobil” serialida fojia oqibatlarini bartaraf etishda belaruslik olima ayol Ulyana Xomyuk ham ishtirok etgan. Ushbu obraz serialga kiritilgani, umuman olganda serialdan fojianing Belarusga ta’siri haqidagi syujetning o‘rin olgani bejizga emas. Chunki Belarus insoniyat tarixidagi eng yirik texnogen tusdagi fojia Chernobil AES falokatidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Foto: Asqar Yakubov

Biroq, fojianing millionlab insonlar taqdiriga ayanchli ta’sir ko‘rsatishiga qaramay Belarus hukumati 2007-yilda mamlakat aholisini arzon va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida atom elektr stansiyasini qurish haqida qaror qabul qildi. 2011-yilda Fukusimida ro‘y bergan halokat ham mamlakatni AES qurish bo‘yicha boshlangan harakatlarini to‘xtatish uchun asos bo‘la olmadi.

Bugungi kunga kelib Ostrovets shahrida barpo etilgan AES deyarli ishga tushirishga tayyor.

Foto: Asqar Yakubov

Foto: Asqar Yakubov

Foto: Asqar Yakubov

Belarus energetika vaziri Viktor Karankevich mamlakat ehtiyojlarining uchdan bir qismini arzon va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash, yoqilg‘i turlari bo‘yicha energiya manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini beruvchi milliy yadroviy energiya dasturini rivojlantirishga xizmat qiluvchi qarorning 2007-yilda qabul qilinganini aytib o‘tdi.

Viktor Karankevich. Belarus respublikasi energetika vaziri.
Foto: Asqar Yakubov

“AES qurilishi nafaqat mamlakatning energetika sohasidagi erkinligini mustahkamlash, balki Belarusda transport, qurilish va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga ham turtki beradi”, — deydi Viktor Karankevich.

Foto: Asqar Yakubov

Foto: Asqar Yakubov

Belarus atom elektr stansiyasi umumiy quvvati 2400 MVt bo‘lgan VVER-1200 ikki reaktorga ega. AES uchun Rossiyaning xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) xavfsizlik bo‘yicha xalqaro me’yorlar va tavsiyalariga to‘liq mos keluvchi 3+ avlodi loyihasi tanlab olindi.

BelAES loyihasi bugungi kunda energobloklarning yuqori texnik tayyorgarlik holatida. Foiz hisobida aytilganda 80 foizdan ortiq (birinchi blok — 97 foiz, ikkinchi blok — 70 foiz).

Foto: Asqar Yakubov

“TBC simulyatorlari bilan jihozlangan, innovatsion faol zonali birinchi blok reaktori ishga turishning keyingi bosqichlariga tayyor.

Loyihamizning o‘ziga xosligi va afzalligi shundaki, simulyatorlarda yoqilg‘isiz reaktorni o‘rnatish, birinchi blokli tizimlar, ikkinchi kontur tizimlarini to‘liq sinovdan o‘tkazish mumkin. Shundan so‘ng faol zonani ishga tushiramiz. Jarayon faol zonaga yoqilg‘i yuklash bilan boshlanadi. Bu ishni biz keyingi yil yanvar oyi oxirida qilishni rejalashtirmoqdamiz.

AES ishga tushganidan so‘ng u mamlakat energiya ehtiyojining 30 foizini qamrab oladi. Hozirda mamlakatdagi elektr energiyaning 95 foizi gaz hisobiga ishlab chiqarilmoqda. Bu bitta energiya manbasiga qaramlik degani. AES ishga tushgach elektr ishlab chiqarish uchun gaz sarfi 60 foizgacha kamayadi”, — deydi AES direktori Mixail Filimonov.

Foto: Asqar Yakubov

Filimonovning qayd etishicha, AES qurish jarayonida qo‘shni mamlakatlar bilan maslahatlashilgan holda hamkorlikda ish olib borilgan.

“Belarus Respublikasi imzolagan bir qator xalqaro konvensiyalar mavjud, ulardan biri atrof-muhitga ta’sirni baholash Konvensiyasi. Ushbu hujjat doirasida biz qo‘shni mamlakatlar — Ukraina, Polsha, Litva, Latviya va Avstriyaga hisobot jo‘natdik.

Biz Ostrovets va Vilnyus shaharlarida atom elektr stansiyasining atrof-muhitga ta’siri yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini o‘tkazdik, bir necha mamlakatlar bilan maslahatlashdik. So‘ngra loyihadan keyingi tahlil bo‘yicha takliflarni yubordik va qator mamlakatlardan ular AES qurilishiga roziligi va jarayon doirasida biz bilan hamkorlikda ishlashini ma’lum qildi”, — deydi Filimonov.

Foto: Asqar Yakubov

Foto: Asqar Yakubov

Foto: Asqar Yakubov

Ommaviy axborot vositalari vakillariga elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishga tushirish majmuasining asosiy obyektlari, jumladan, mashina zali, KRUE 330 kv. komplekt tarqatish qurilmasi binosi va purkash havzalari maydoni namoyish etildi.

Shuningdek, xorijiy jurnalistlar ilk marta atom elektr stansiyasi yaqinida joylashgan Belarus Respublikasi mudofaa vazirligi havo mudofaasi harbiy qismiga tashrif buyurib, atom elektr stansiyasining havo mudofaasi bilan tanishdi.

Bundan tashqari jurnalistlar yong‘in-avariya-qutqaruv bo‘limida bo‘ldi va ularga mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni namoyish etdi.

Foto: Asqar Yakubov

Foto: Asqar Yakubov

Foto: Asqar Yakubov

Foto: Asqar Yakubov

Foto: Asqar Yakubov

Ostrovets shahri Belarus poytaxti Minskdan 145 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, 10 yilcha avval shahar o‘rnida kichik qishloq bor edi. Atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanganidan so‘ng hudud obodonlashtirildi, yo‘llar qurildi, mavjudlari ta’mirlandi, ishchilar yashashi uchun zamonaviy uy-joylar barpo etildi, bolalar bog‘chasi, maktab va shifoxona qurildi.

Ostrovets shahri. Foto: Asqar Yakubov

Ostrovets shahri. Foto: Asqar Yakubov

Ostrovets shahri. Foto: Asqar Yakubov

Hozirda qachonlardir kichik qishloq bo‘lgan hudud zamonaviy shaharchaga aylangan. Bu yerga atom elektr stansiyasi qurilish jarayoni bilan tanishish uchun ko‘plab xorijiy mamlakatlardan soha mutaxassislari, olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari tashrif buyuradi. Bu esa o‘z navbatida hududda turizmning rivojlanishiga ham turtki bo‘lmoqda.

Sevara Nishonova, “Daryo” muxbiri

Toshkent—Minsk—Toshkent