Kanada tashqi ishlar vazirligi Anqaraning Suriya shimolidagi harbiy harakatlari sabab Turkiyaga qurol-yarog‘ sotishni vaqtinchalik to‘xtatilganini e’lon qildi. Vazirlik bayonotiga ko‘ra, Ottava harbiy harakatlarni keskin qoralaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “Yespreso”

“Ushbu bir tomonlama harakatlar notinch hududdagi beqaror vaziyatga yana salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ijtomoiy ahvolni yomonlashtirishi va Turkiya ham a’zo bo‘lgan Global koalitsiya IShIDga qarshi kurashda erishgan muvaffaqiyatlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin”, — deyiladi Kanada TIV bayonotida.

Kanada 2018-yilda Turkiyaga 87 million AQSh dollari miqdoridagi qurol-yarog‘ sotgan.

Turkiya 9-oktabrda Suriya shimoli-sharqida “Tinchlik bulog‘i” harbiy operatsiyalarni boshlagan. Avval Fransiya ham Turkiyaga qurol-yarog‘ sotishni to‘xtatgandi. AQSh administratsiyasi Anqaraning harakatlariga nisbatan ikkita vazirlik hamda mamlakatning yuqori lavozimdagi rahbarlariga nisbatan sanksiya qo‘llagan. .

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bunga javoban sanksiyalar hamda turli bosimlarga parvo qilmasdan Suriyadagi harakatlarni davom ettirishi va maqsadini amalga oshirishini ma’lum qilgan