Sankt-Peterburgda ikki qarindosh o‘rtasidagi yoqalashuv oqibatida o‘zbekistonlik jiyan o‘z amakisini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Qotillikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan va unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Tashqi ishlar vazirligi bosh konsullik vaziyatni o‘z nazoratiga olgani va tergov idoralariga yuz bergan voqea bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilish haqida so‘rov yuborganini ma’lum qildi.
Izoh (0)