Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qizil dengizda Saudiya Arabistonining Jidda portiga yaqin hududda Eron neft tankeri portladi, deb xabar berdi Meduza. Portlash natijasida yuk kemasidagi neft dengizga to‘kilgan. Eron milliy neft kompaniyasiga qarashli kema ekipajining hodisa natijasida talafot ko‘rmaganligi xabar qilinmoqda.

Foto: BBC

Foto: BBC

Portlash terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan degan taxminlar mavjud, biroq bu borada hali rasmiy xabarlar berilmagan. Eronning PressTV telekanali portlashlar o‘rtasidagi vaqt oralig‘i 20 daqiqa bo‘lgani sabab, hodisa kemaga ikkita raketa kelib urilishi natijasida sodir bo‘lganini taxmin qilmoqda.

AQSh Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi tankerlarga hujum uyushtirganlikda ayblaganidan so‘ng ushbu portlash bunga javoban amalga oshirilgani haqida xabarlar tarqalgan. Rasmiy Tehron hodisalarning o‘zaro aloqadorligini inkor etdi.

Sentabrda Saudiya Arabistonidagi Saudi Aramco neft zavodlariga dronlar hujumi uyushtirilishi natijasida mamlakatda neftni ishlab chiqarish ikki baravarga qisqargandi. Hujum bo‘yicha mas’uliyatni Yamandagi xusiy jangarilar o‘z zimmasiga olgan, keyinroq AQSh hamda Saudiya Arabistoni ushbu hujumlar ortida Eron turganini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi