Qohira va Bag‘dod arab davlatlarini Turkiyaning Suriyadagi harbiy harakatlariga qarshi turishga chaqirmoqchi. Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi hamda Iroq davlat rahbari Barham Solih bu haqda o‘zaro telefon suhbati davomida kelishib olgan, deb yozmoqda “TASS”.
“Suhbat davomida prezidentlar Suriya hududida sodir bo‘layotgan voqealar yuzasidan fikr almashdi va Turkiya davlat suveriniteti hamda hududiy yaxlitligiga zid harakatlarni amalga oshirayotgani, bu xalqaro xavfsizlik me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligini qayd etdi. Davlat rahbarlarining fikricha, bu hududdagi chigal inqiroz holatini battar og‘irlashtiradi, Suriya xavfsizligi va mintaqadagi vaziyatga, siyosiy jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deya telefon so‘zlashuvi mazmuni haqida bayonot bergan Misr prezidentining devonxonasi vakili Bassam Radiy.
Mavzuga doir: