• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari: “YeOIIni ikkinchi SSSR desa ham bo‘ladi. Biz bunday ittifoqlarga kirishga mutlaqo qarshimiz”

    Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi ortida yashirin siyosiy maqsadlarni ko‘zda tutgan tashkilot ekanligini bugun hech kimdan yashirib bo‘lmaydi, deydi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov “Kun.uz” nashriga bergan intervyusida.

    Foto: Xalqaro press-klub

    Foto: Xalqaro press-klub

    Avvalroq Rossiya Senati raisi Valentina Matviyenko O‘zbekistonda Yevrosiyo ittifoqiga qo‘shilish masalasida rahbariyat darajasida qaror qabul qilingani, hozirda ittifoqqa qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi. Keyinroq rossiyalik senator Farid Muhametshin O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi maqomini olishi masalasi 2020-yilda hal etilishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston 2022—2025-yillarda YeOIIga a’zo bo‘lib kirmoqchi, Sodiq Safoyev: O‘zbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish imkoniyatlarini uch yildan beri o‘rganyapti

    “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIda o‘z nomi bilan iqtisodiy masalalar birlamchi bo‘lishi kerak. “Lekin, negadir, iqtisodiy tahlilchilar va siyosatchilar mazkur ittifoqni iqtisodiydan ko‘ra, ko‘proq uzoq muddatli siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ittifoqqa o‘xshatishadi”, — deydi Qodirov.

    “Keling, ochiqcha gaplashaylik, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi — nomi bilan iqtisodiy bo‘lgan, ammo ortida yashirin siyosiy maqsadlarni ham ko‘zda tutgan tashkilot. Buni bugun hech kimdan yashirib bo‘lmaydi. Bunday holatlarni tarixda o‘zbek xalqi ko‘p bora boshidan o‘tkazgan va yetarlicha xulosalar qilib olgan, deb o‘ylayman”, — deya qo‘shimcha qilgan partiya yetakchisi.

    Uning fikricha, nomiga iqtisodiy va tub mohiyatida siyosiy maqsadlar ko‘zlangan ittifoqlar hozirgi zamonda o‘zini oqlamadi.

    Biz, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zolari har qanday iqtisodiy manfaatlardan ko‘ra mamlakat ozodligi, uning manfaatlari ustuvorligi, ozod jamiyati bilan erkin rivojlanishini ko‘proq ustuvor deb hisoblaymiz...

    Bilasizmi, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi — qisqa davr uchun iqtisodiy manfaatlarga tayangan, uzoq davr uchun esa siyosiy manfaatlarga tayangan ittifoq.

    Yaqin oylarda ma’lum bo‘lgan va jarayonlari ancha vaqtdan buyon davom etayotgan bu urinishlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning yuragi, ko‘pgina davlatlar bilan chegaradosh va geopolitik murakkab o‘rnini hisobga olgan holatda bo‘lmoqda.

    O‘zbekistonning ittifoqqa kirishiga undalishi, uni a’zolikka tortishga nisbatan bo‘layotgan harakatlarda birinchi navbatda o‘sha a’zolarning manfaatlari turibdi. Buni keskinroq tarzda ikkinchi SSSR desa ham bo‘ladi.

    Shu narsa aniqki, O‘zbekiston kimlarningdir manfaati uchun xizmat qiladigan davlat emas. Bu davlat o‘z xalqi va davlat manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Biz partiyamiz deputatlari bilan bu masalani ko‘p gaplashdik va, takrorlab aytamanki, masala juda chuqur o‘ylanishi kerak.

    Albatta, biz uchun davlatimizning iqtisodiy yuksalishi, uning boshqa davlatlar bilan teng rivojlanishi birinchi o‘rinda, lekin shu bilan birga, mamlakatimiz manfaatlariga zid bo‘lgan, siyosiy erkinligi va suverenitetiga ta’sir qiladigan, davlat usti idoralariga qaysidir ma’noda tobe bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘ladigan har qanday ittifoqqa kirishni yoqlamaymiz.

    Ya’ni, biz iqtisodiy ko‘rinishdagi siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ittifoqqa kirishga mutlaqo qarshimiz.

    Alisher Qodirov, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari

    10.10.2019, 22:39   Izoh (0)   38934
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    IIV Straus House’dan jabrlanganlarni hududlardagi tergov bo‘limlariga murojaat qilishga chaqirdi

    10.10.2019, 22:26

    Bosh prokuratura Farg‘onada qayd etilgan “samosud” holati yuzasidan bayonot berdi

    10.10.2019, 22:11

    O‘zbekiston fermerlarining deputatlarga murojaati parlamentda ko‘rib chiqildi

    10.10.2019, 21:56

    Yaqin Sharqdagi mojarolar hududidan o‘zbekistonliklarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi maxsus operatsiya amalga oshirildi

    10.10.2019, 21:38

    Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Moldova prezidentini qabul qildi

    10.10.2019, 21:27

    Andijon xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bir kunda 65 kilo paxta terdi

    10.10.2019, 21:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:10

    Marsning Yerdagi eng katta “bo‘lagi” auksionda 4 million dollarga sotiladi

    Dunyo | 3 iyul, 14:01

    Marko Asensio faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 3 iyul, 13:55

    Tramp Vyetnam bilan savdo bitimi tuzilganini eʼlon qildi

    Dunyo | 3 iyul, 13:45

    Armaniston sobiq prezidenti korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 3 iyul, 13:35

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Iskandar Hamroqulov 1,5 yosh farzandi OITSdan vafot etgani haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 3 iyul, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.