Dilshod Saidjonov Prezident adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Agentlik matbuot xizmatining xabar berishicha, bu haqdagi tegishli qaror Prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov tomonidan imzolangan.
Dilshod Saidjonov shu vaqtga qadar AOKAning Axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. U yangi lavozimda Avaz Hojimetovning o‘rnini egallagan.
Ma’lumot uchun, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, AOKA direktorining birinchi o‘rinbosarining maqomi Prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.