So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Farg‘onada firibgar erkak Toshkentdagi bemorlarning xayriya pullarini o‘zlashtirib olgani aniqlandi

    10.10.2019, 19:58 12155

    Farg‘onaning Qo‘qon shahrida yashovchi shaxs toshkentlik bemorlarning xayriya pullarini o‘zlashtirib olgani aniqlandi, deya xabar bermoqda “Postda.uz”.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ma’lum bo‘lishicha, muqaddam sudlangan M.S. plastik karta bilan qanday ishlash xususida turli elektron dasturlarni o‘rganadi. So‘ng og‘ir xastalikka chalingan, davolanish maqsadida saxovatli insonlar ko‘magiga umid qilib bankda hisob raqami ochtirgan bir necha fuqaroning ro‘yxatini tuzib, ular bilan telefon orqali suhbatlashadi.

    Dastlab Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filialida davolanayotgan ayolga telefon qilib, yordam bermoqchiligini aytib, plastik karta raqamini so‘ragan. Aldov yo‘li bilan uning ishonchiga kirgan M.S. birozdan keyin yana qo‘ng‘iroq qilib, pul o‘tkazishida qandaydir muammo bo‘layotganini, ayolning telefoniga 4 ta raqamdan iborat SMS yuborishi, uni qaytib o‘ziga aytib yuborishni so‘ragan.

    Ayol telefoniga kelgan sms kodni aytgan. M.S esa o‘zining uyali telefoni yordamida bemor ayolning plastik kartasiga ulanib, hisobida 1 million 400 ming so‘mdan ortiq pul borligini aniqlaydi va uni 153 dollarga aylantib, o‘zining elektron hamyoniga o‘tkazib olgan.

    Shundan so‘ng ro‘yxatdagi boshqa raqam egalari bilan ham bog‘lanib, Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan xususiy shifoxonada davolanayotgan erkakning xayriyadan yig‘ilgan jami 19 million 829 ming so‘m pulini 2 163 dollarga aylantirib, o‘zining elektron hamyoniga o‘tkazgan. Bosh miya o‘simtasi bilan davolanayotgan jiyaniga yordam tariqasida kelayotgan xayriya pullarini yig‘ayotgan erkakning ham plastik kartasi hisobidagi jami 9 817 200 so‘mni shu yo‘l bilan o‘zlashtirgan.

    Jabrlanuvchilar zudlik bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borgan Toshkent shahar IIBB JQB tezkor vakili, kapitan Bekzod Tillaxo‘jayev darhol Qo‘qon shahriga borgan. U yerda M.S.ni to‘satdan uchratib qolgan va xasta kishilarning salomatligi uchun yiqqan pullarni o‘sha odamga buyurmasligini aytib o‘tgan.

    Ertasi kuni esa gumonlanuvchining o‘zi uchta holat bo‘yicha jabrlanuvchilarning plastik kartasidagi pullarni o‘z hisobiga o‘zlashtirib olganligini aytib, qilmishidan pushaymon ekanini aytib, kechirim so‘ragan. Tergov jarayonida bemorlardan olgan barcha pullarni egalariga qaytarib bergan.

    Sud M.S.ga jazo tayinlashda uning aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini, oilaviy ahvolini, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida baholab, unga bir yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Respublika sud ekspertizasi markazi Senat huzurida qayta tashkil etilishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Bugun, 10:03

    IMZO O‘zbekiston bo‘ylab yuqori sifatli fabrika romlarini taklif etadi

    Bugun, 09:00
    Reklama

    Nafaqat go‘zalligi, balki iste’dodi bilan ham tomoshabinlarning qalbidan joy olgan turk aktrisalari (foto)

    Bugun, 09:54

    O‘zbekistonga keltirilayotgan baʼzi asbob-uskunalar boj va QQSdan ozod etildi

    Bugun, 09:50

    Samolyot bortida qo‘shiq kuylab, qizni haqoratlagan rossiyalik Toshkentda jarimaga tortildi

    Bugun, 09:33

    Yerevanda Qorabog‘ yuzasidan o‘tkazilgan namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi (video)

    Bugun, 09:11

    Ekologiya vazirligi o‘zbekistonliklarni “Avtomobilsiz kun”da ishtirok etishga chaqirdi

    Bugun, 08:50

    Toshkentning ikki tumani hududida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 08:38

    Toshkent metrosida Face-ID orqali to‘lov sinovdan o‘tkazilmoqda (video)

    Bugun, 08:11

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    Bugun, 07:11

    “71 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan. Prokuratura vaziyatni o‘rganmoqda”. Mas’ullar Chustdagi zaharlanish haqida ma’lumot berdi

    Bugun, 01:01

    Tavsiya etamiz

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi

    13:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?